19:19 / 11.12.2021
4307

Yevroittifoq mamlakatlari 40 ming nafar afg‘on qochqinini qabul qilishga rozi bo‘ldi

Germaniya 25 ming, Niderlandiya 3159, Ispaniya va Fransiya 2,5 ming nafardan qochqinni qabul qiladi, YeIning yana 11 mamlakatiga 7 mingga yaqin qochqin joylashtiriladi. 

Foto: AP

Yevroittifoqqa a'zo 15 davlat 40 ming nafar afg‘on qochqinini qabul qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda YeIning ichki ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yohansson ma'lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, Germaniya 25 ming, Niderlandiya 3159, Ispaniya va Fransiya 2,5 ming nafardan qochqinni qabul qiladi, YeIning yana 11 mamlakatiga 7 mingga yaqin qochqin joylashtiriladi.

«Bu Yevroittifoq mamlakatlari hamkorligining taassurot qoldiruvchi harakati deb o‘ylayman», — dedi Yohansson.

Oktabr boshlarida BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Yevroittifoqni besh yil davomida 42500 nafar afg‘onistonlik qochqinni qabul qilishga chaqirgan, ammo YeIga a'zo 27 davlatdan ayrimlari bu taklifga keskin qarshi chiqqandi. Ular orasida Xorvatiya, Gretsiya va Ruminiya bor.

Avgust o‘rtalaridan buyon YeI mamlakatlari afg‘onistonlik 28 ming nafar qochqinni qabul qilgan.

Mavzuga oid
Top