19:00 / 22.12.2021
8229

O‘zbekistondagi IESlar faoliyatiga oid hujjatli film tayyorlandi

Bugun, 22 dekabr – energetika kuni.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

O‘zbekiston energetika sanoatining asosini issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foizga yaqini aynan IESlarning ish faoliyati mahsulidir.

Sana munosabati bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan hujjatli film tayyorlandi. Unda investitsion loyihalar natijadorligi, sohani transformatsiya qilish bo‘yicha 2020 yil 27 oktyabrdagi 6096-sonli prezident farmoni ijrosi haqida so‘z boradi.

Filmni jamiyatning YouTube'dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top