17:00 / 08.02.2022
5561

“O‘simliklarni himoya qilish” intensiv o‘quv kursining 2-mavsumi uchun qabul jarayoni boshlandi!

Foto: Agrobank

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lish;

- yo‘nalish bo‘yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lish.

O‘quv kursida tinglovchilar xorijiy tajribalarga asoslangan holda, zamonaviy auditoriyalarda malakali mutaxassislar tomonidan 7 ta yo‘nalish (Entomologiya, Fitopatologiya, Gerbologiya, Nematologiya, Virusologiya, Toksikologiya, Tuproq va suv tahlili) bo‘yicha qayta tayyorlanadi. 

  • Davomiyligi - 3 oy;
  • Ta’lim turi - kunduzgi;
  • O‘quv kursi narxi - bepul.

O‘qish bilan bog‘liq xarajatlar Agrobank tomonidan qoplanadi. 

Nomzodning chet tillari (ingliz, rus va boshq.)ni bilish darajasi inobatga olinadi. 

Arizalar joriy yilning 28 fevraliga qadar agrolab.fermermaktab.uz sayti yoki @Agrolab_uzbot telegram boti orqali qabul qilinadi. 

Batafsil ma’lumot uchun:  

agrolab.fermermaktab.uz  

Tel: 1216 

Tel: +99895 195 80 01

Reklama huquqi asosida

Top