09:00 / 09.02.2022
7165

Mobiuz'dan yirik pul sovrinlari o‘z g‘oliblarini kutmoqda

Foto: Mobiuz

Mobiuz’ning yangi va amaldagi abonentlari faqat 10 fevralgacha aksiya ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

Mobiuz mobil aloqa operatorining “Orzu uchun millionlar” ulkan aksiyasi tugashiga 2 kun qoldi. O‘tgan yilning 15 noyabrida boshlangan ushbu aksiya abonentlarga 5 million so‘mdan 300 million so‘mgacha bo‘lgan 20 ta pul yutug‘ini yutib olish imkoniyatini beradi.

Ishtirok etish uchun jismoniy shaxslar oyiga kamida 30 000 so‘m abonent to‘loviga ega istalgan tarif rejasiga ulanishlari mumkin. Ulangandan so‘ng abonent aksiya bo‘yicha ilk imkoniyatga ega bo‘ladi.

Imkoniyatlarni to‘plash va ko‘paytirish uchun 5000 MBlik (*2022#) maxsus internet-to‘plamni faollashtirish mumkin. Ushbu to‘plam kompaniyaning barcha tarif rejalarida ulanishi mumkin, uni shu jumladan amaldagi, uzoq muddatli abonentlar ham faollashtira oladi.

- Mobiuz yirik aksiyalar va sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish an’anasini davom ettirmoqda. Oxirgi uch yilda kompaniyamizning 151 ta abonenti jami 2,5 milliard so‘mdan ko‘proq pul, shuningdek, 15 ta yengil avtomobil yutib oldi. Bu yili esa umumiy sovrin jamg‘armasi 980 million so‘mni tashkil etadi. Bu orqali biz mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish bilan bir qatorda yirik pul mukofotlarini yutib olish imkoniyatini ham bermoqdamiz, - deb ta’kidladi Mobiuz Bosh direktorining marketing va sotuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

“Orzu uchun millionlar” aksiyasi g‘oliblari fevral oyining oxirida aniqlanadi. Oltita tasodifiy abonentning har biri 5 million so‘mdan, beshta abonent 10 million so‘mdan, to‘rtta abonent 50 million so‘mdan, yana to‘rt nafar abonent 100 million so‘mdan yutib olishi mumkin. Shuningdek, 300 million so‘mlik bosh sovrin kimga nasib qilishi ham ma’lum bo‘ladi.

Abonent-ishtirokchilar to‘plangan imkoniyatlar sonini *161# USSD-buyrug‘i orqali tekshirishlari mumkin. Kompaniya har bir imkoniyat uchun noyob ID-kodni belgilaydi va yakuniy o‘yin arafasida SMS-xabar orqali har bir ishtirokchiga tegishli ma’lumotlarni yuboradi. G‘oliblarni aniqlash uchun onlayn tarzda mashhur tasodifiy raqamlar generatorlaridan biri qo‘llaniladi.

 14 fevral kuni “Orzu uchun millionlar” aksiyasining oraliq g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi. Ular Yangi yil arafasida Dubayga sayohat yutib olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida istiqomat qiluvchi to‘rt nafar baxtli abonentlardir.

 “Orzu uchun millionlar” aksiyasi haqidagi dolzarb ma’lumotlarni, shuningdek, yakuniy o‘yinning onlayn namoyishini Mobiuz’ning Telegram'dagi rasmiy kanalida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top