Özbekiston hukumati Mobiuz aloqa operatorini 300 mln dollarga sotmoqçi, deya xabar tarqatdi Bloomberg agentligi.

Naşr bu boradagi rejalardan xabardor ikki manbasiga tayanib yozişiça, rasmiylar bu aktivni Yaqin Şarq yoki Yevropadan bölgan investorlarga sotişni reja qilgan.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bu xabarga munosabat bildirmay, öz rasmiy sahifasida Bloomberg e’lon qilgan maqolaning ayrim tezislarini e’lon qildi. Tanlab olingan tezislar qatoriga 300 mln dollarlik narx kutilmasi ham kiritilgan.

Mobiuz böyiça savdo jarayoni joriy yil iyun oyida e’lon qilingan. Qiziqiş bildiriş böyiça arizalarni yuboriş uçun sönggi muddat – 2025 yil 1 avgust. Uşbu bitim böyiça Rothschild& Co strategik va moliyaviy maslahatçi sifatida jalb etilgan.

“Kompaniyaga Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarboyjon va Yevropa investorlari tomonidan dastlabki qiziqiş bildirilmoqda”, – deya yozadi Amerika naşri.

Mobiuz – Özbekistondagi törtinçi yirik mobil operator hisoblanadi. BMI (“Fitch Solutions” bölimi) ma’lumotiga köra, ötgan yil yakunida Özbekiston mobil bozorida 35,6 mln abonent bölgan, Mobiuz bu bozorning 20,9 foiz uluşiga ega.

Mobiuz 2024 yilda 164 mln dollar sof daromad va 41 mln dollar EBITDA körsatkiçini qayd etgan.

Kun.uz Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga uşbu xususiylaştiriş dasturi borasida ayrim savollarni yubordi.