“Universal Mobile Systems” MÇJ (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşini xususiylaştiriş jarayonining yakuniy bosqiçi davom etmoqda.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, savdo jarayonida:

  • 10 ta xorijiy investordan majburiyatsiz takliflar kelib tuşgan;
  • 7 ta talabgor yakuniy (majburiyatga ega qat’iy narx takliflari) bosqiçiga ötkazilgan;
  • 6 ta talabgor belgilangan muddat – 2025 yil 19 dekabrgaça majburiyatga ega takliflarini taqdim etgan;
  • eng yuqori sotib oliş qiymati va bitimning boşqa muhim jihatlari böyiça eng raqobatbardoş şartlarni taklif etgan 3 ta talabgor aniqlangan.

Endi yakuniy uçtalik şort-listga kirgan talabgorlar 2026 yil 23 yanvar soat 23:59 gaça öz taklifini yanada yaxşilaş uçun qöşimça muddatga ega.

Ma’lumot uçun, Davaktiv 2025 yil avgust oyidagi bayonotida Mobiuz'ga 15 ta xalqaro va mahalliy kompaniya qiziqiş bildirganini ma’lum qilgandi.

Iyul oyida Bloomberg öz manbasiga tayanib Özbekiston hukumati bu xususiylaştirişdan 300 mln dollar kutayotganini yozgan, Davaktiv esa bu raqamni Bloomberğga havola bergan holda öz kanalida qayta ulaşgan edi.