Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Universal Mobile Systems” (Mobi.uz brendi) uyali aloqa operatorini xususiylaştiriş jarayonlari borasida ma’lumot berdi.
Ommaviy savdo jarayoni joriy yilning iyun oyida boşlangan. Strategik va moliyaviy maslahatçilar sifatida jalb etilgan KPMG va Rothschild & Co ikki oy davomida 100 dan ortiq potensial investorlar bilan muzokaralar olib bordi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, belgilangan muddat — 2025 yil 1 avgust soat 18:00 (Toşkent vaqti)ga qadar AQŞ, Yevropa, Arab davlatlari, Yaqin Şarq, Kavkazorti, Şarqiy va Markaziy Osiyo mintaqalaridan 15 ta kompaniyalardan (xorijiy va mahalliy) aktivni sotib oliş böyiça qiziqiş bildiriş töğrisidagi arizalar konsultantlarga kelib tuşgan.
Murojaatlar belgilangan mezonlarga muvofiqligi, jumladan, moliyaviy imkoniyatlarning yetarliligi, huquqiy tösiqlar mavjud emasligi, jinoiy daromadlar va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi qonunçilikka rioya qiliş holati, Yevropa Ittifoqi, AQŞ va xalqaro moliya institutlari sanksiyalari röyxatlariga kiritilmaganligi, davlat kompaniyasi maqomiga ega emasligi tekşirilgan.
Talabgorlar tenderning keyingi bosqiçi - majburiyatga ega bölmagan takliflarni taqdim etişga ötkazişga tavsiya qilingan.
Ariza beruvçilar bilan axborotni oşkor etmaslik töğrisidagi şartnoma imzolanadi, şundan söng ular axborot memorandumi va aktiv haqidagi boşqa ma’lumotlarga kiriş huquqiga ega böladi.
Konsultantlar tomonidan Majburiyatga ega bölmagan takliflar 2025 yil 15 oktyabr soat 23:59 (Toşkent vaqti)ga qadar qabul qilinadi.
Mobiuz’ning xususiylaştirilişi haqida
Mobiuz – Özbekistondagi törtinçi yirik mobil operator hisoblanadi. BMI (“Fitch Solutions” bölimi) ma’lumotiga köra, ötgan yil yakunida Özbekiston mobil bozorida 35,6 mln abonent bölgan, Mobiuz bu bozorning 20,9 foiz uluşiga ega.
Mobiuz 2024 yilda 164 mln dollar sof daromad va 41 mln dollar EBITDA körsatkiçini qayd etgan.
Kompaniyaning xususiylaştirilişi 2025 yil iyun oyida e’lon qilingandi, kompaniyaga Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarboyjon va Yevropa investorlari tomonidan dastlabki qiziqiş bildirilgan.

















