Joriy yilning 25 fevral kunidan Sergeli tumanidan Qo‘yliq dahasiga THAY orqali olib boruvchi ko‘prik har ikki yo‘nalish avtomobillar qatnovi uchun yopildi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ko‘prik rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.
Transport vositalarining harakatlanishi yangi - Qipchoq ko‘chasiga olib boruvchi Sergeli-Qo‘yliq yo‘l o‘tkazgichidan amalga oshiriladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.