17:02 / 01.03.2022
14813
Mobiuz abonentlari 980 million so‘m yutib oldi

20 nafar Mobiuz abonenti 5 million so‘mdan 300 million so‘mgacha bo‘lgan pul sovrinlarini qo‘lga kiritdi.

Foto: Mobiuz

O‘tgan yilning oxiridan buyon Mobiuz abonentlari orziqib kutgan voqea nihoyat amalga oshdi. 28 fevral kuni mobil aloqa operatori “Orzu uchun millionlar” aksiyasining asosiy bosqichi bo‘yicha jami 980 million so‘mlik pul yutuqlari o‘yinini o‘tkazdi.

Tadbir Mobiuz’ning rasmiy Telegram-kanali va Instagram-akkaunti orqali onlayn tarzda namoyish etildi. Bu esa mamlakatimizning turli hududlaridan bo‘lgan minglab abonentlarga jonli tarzda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatish imkonini berdi.

Foto: Mobiuz

O‘yinni onlayn tomoshabinlar bilan bir qatorda mustaqil komissiya ham kuzatib bordi. Telegram’ni qo‘llab-quvvatlash xizmatining O‘zbekistondagi vakili Davronbek Rustamov, “Ishonch” do‘konlar tarmog‘i kreativ direktori Zamira Rahmanova va jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayevlar komissiya a’zolari qatoridan joy oldi.

Tadbir boshlanganidan so‘ng boshlovchi Nodirxon Muhammadxonov “Orzu uchun millionlar” aksiyasining asosiy shartlarini eslatib o‘tdi.

Aksiya o‘tgan yilning 15 noyabridan joriy yilning 10 fevraliga qadar davom etdi. Ushbu davr mobaynida abonentlar imkoniyatlar to‘plashlari kerak edi, buning uchun ular aksiyaga kiritilgan tarif rejalariga ulanishi yoki maxsus 5000 MB internet-to‘plamni faollashtirishlari lozim edi. So‘ngra kompaniya abonentlar tomonidan to‘plangan har bir imkoniyatga noyob ID-kodlar taqdim etdi.

Foto: Mobiuz

G‘oliblarni aniqlash uchun jami 339 264 ID-kodlar Randomus tasodifiy raqamlar randomayzeri tizimiga yuklandi.

Keyingi yarim soat davomida aksiyaning tasodifiy g‘oliblari bosqichma-bosqich aniqlandi. 5 millionlik so‘mlik oltita sovrin, 10 millionlik beshta sovrin, 50 millionlik va 100 millionlik to‘rttadan sovrin kimga nasib qilganligi aniqlandi. Shu tariqa o‘ynalayotgan pul mablag‘lari summasi ham, shunga yarasha his-hayajon ham ortib bordi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlariga tegishli bo‘lgan raqamlar egalarining omadi kulib boqdi. 300 million so‘mlik asosiy sovrin esa Toshkent shahriga tegishli prefiks bilan boshlanadigan raqam tutadigan abonentga nasib qildi.

Foto: Mobiuz

Kompaniya vakillari onlayn uzatuv davomida ba’zi g‘oliblar bilan bog‘lanib, xushxabarni yetkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Qolgan g‘oliblar bilan esa bir necha kun ichida bog‘laniladi. Kerakli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, pul sertifikatlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tadi, bu haqda Mobiuz keyinroq xabar beradi.

G‘oliblarning ID-kodlari va ayrim ma’lumotlari ko‘rsatilgan ro‘yxat www.mobi.uz saytiga joylashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida: 15–18 fevral kunlari mobil operator o‘zining Telegram-kanalida (https://t.me/MyMobiuz/3885) “Orzu uchun millionlar” aksiyasi birinchi bosqichi g‘oliblari – Dubayga sayohat yutib olgan abonentlar haqida ma’lumot berib bordi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top