Saylov kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi
“Saylov kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qonun loyihasida Saylov kodeksining quyidagi uchta moddasiga qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
28-moddada:
- Markaziy saylov komissiyasi saylovchilarning ro‘yxatini shakllantirishda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq mustaqil amalga oshirishini belgilash;
- saylovchilarning ro‘yxatidan saylov komissiyalari mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan aniqlashtirish uchun, saylov kuni ovoz berish uchun kelgan saylovchiga imzo qo‘ydirib saylov byulletenini berishda foydalanish maqsadini ko‘rsatib ushbu ro‘yxatlarni rasmga olish, video tasvirga tushirish yoki boshqa yo‘llar bilan ko‘paytirish va tarqatish, shu jumladan internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarga barcha tanishishi mumkin tarzda, ochiq joylashtirish taqiqlanishini belgilash.
29-moddada: uchastka saylov komissiyasi binosida osib qo‘yiladigan saylovchilar ro‘yxatida har bir saylovchining faqat familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yilini ko‘rsatish orqali hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini belgilash.
35-moddada: saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini saylovchilarning ro‘yxatini aniqlashtirish, imzo varaqasini to‘ldirish, saylov byulletenini olish jarayonlarida ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek internet orqali barcha tanishishi mumkin tarzda ko‘rsatishni taqiqlash.
Bildirilishicha, qonun loyihasini qabul qilish milliy saylov qonunchiligini umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari asosida yanada takomillashtirishga va fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlari himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

13:34 / 10.06.2025
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

12:38 / 10.06.2025
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi

10:33 / 10.06.2025
90 kundan ortiq chet elda bo‘lgan fuqarolar majburiy ravishda OIVga tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin

12:21 / 17.03.2025