Eronning Natanz şahridagi uranni boyitiş böyiça yerosti zavodiga örnatilgan 15 mingga yaqin sentrifuga Isroil havo hujumi oqibatida jiddiy şikastlangan yoki yöq qilingan, dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi. Bu zavoddagi deyarli barça sentrifugadir.

Grossi sözlariga köra, zarba yerosti majmuasini ta’minlovçi elektr tarmoğidagi quvvatning yöqolişiga olib keldi, bu esa sentrifugalarni öçirib qöydi.

«Elektr energiyasining uzilişi bilan sentrifugalar yo töliq vayron böldi yoki jiddiy şikastlandi», dedi u.

Tsentrifuga öta yuqori tezlikda aylanadigan maşina - u elektr uzilişiga juda sezgir. Şu bilan birga, Natanzdagi xuddi şu yadroviy majmuaning bir qismi bölgan yer yuzasida joylaşgan boyitiş zavodi ham butunlay vayron qilingan.

XAEA ma’lumotlariga köra, yana bir yirik obekt, toğning çuqur qismida joylaşgan Fordo boyitiş zavodiga zarar yetmagan. 

«Ehtimol, u yerda zarar juda kiçik bölişi mumkin», dedi Grossi.

Agentlik inspektorlari şikastlangan obektlarga hali kira olmasa-da, XAEA öz xulosasi uçun sun’iy yöldoş tasvirlaridan keng foydalanmoqda. 

Bundan taşqari, Isfaxon yadro markaziga zarba beriş oqibatida törtta bino zarar körgan: markaziy kimyoviy laboratoriya, uran konsentratini uran geksaftoridiga aylantiruvçi inşoot, Tehron reaktori uçun yoqilği zavodi va uran geksaftoridini metallga aylantiriş uçun qurilayotgan inşoot.

Grossi sözlariga köra, Isfaxon majmuasining boyitilgan uran saqlanişi mumkin bölgan yerosti xonalari heç qanday zarar körmagan. Vaziyatni yakuniy baholaş uçun inspektorlarning obektga kirişi kerak böladi.

Bu bayonotlar Isroilning Eron yadroviy dasturining muhim obektlariga havo hujumlari uyuştirganidan söng çaqirilgan XAEA Boşqaruvçilar kengaşining favqulodda yiğilişida aytildi.

Mutaxassislarning fikriça, Isroilning ketma-ket zarbalari Eron yadro dasturiga jiddiy zarar yetkazgan va uni bir neça yil orqaga surgan. Isroil razvedkasiga köra, Tehron yadro qurolini yaratişiga bir neça hafta qolgan edi.