04:28 / 11.03.2022
23126
Draganning «Paxtakor»i yana g‘olib: «sherlar» Cheranga bog‘lanib qoldimi?

«Paxtakor» – «Neftchi» bahsi O‘zbekiston chempionatlarida uzoq yillar asosiy qarama-qarshilik bo‘lib kelgan. Ammo oxirgi yillarda «Paxtakor» mamlakat futbolida yakka hukmronga aylandi. «Neftchi» esa hatto quyi ligaga tushib ketdi. Ilhom Mo‘minjonov qabul qilib olgach, «Neftchi» yana raqiblar hisoblashadigan jamoaga aylanmoqda.

Foto: Tribuna.uz

Albatta, hozir «Paxtakor» farg‘onaliklardan ancha kuchli, ammo nihoyat ushbu mavsumga kelib «Paxtakor» hamda «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga yana katta o‘yin sifatida qaray boshlashdi. Muxlislar ham, futbolchilar ham. 70 daqiqa bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan «Paxtakor» 1:0 hisobidagi g‘alabani saqlash uchun oxirgi daqiqalargacha kurashishga majbur bo‘lgan bahs chindan katta o‘yin degulikdir.

Bu uchrashuvni ko‘pchilik Abror Ismoilov nomi bilan eslab qolsa kerak. O‘yin taqdiri amalda 21-daqiqada hal bo‘ldi deyish mumkin. Aynan Abror Ismoilov maydon markazida Ikrom Aliboyevga qarshi juda qo‘pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.

Bu shunchaki oddiy vaziyat emasdi. Aslida «Neftchi»dan chiqqan Abror «Surxon» orqali «Paxtakor»ga o‘tdi va O‘zbekistonning eng yaxshi tayanch yarimhimoyachilaridan biri ekanini isbotladi. Ammo mavsum avvalida jamoada uning pozitsiyasida futbolchi ko‘payib ketgach, Abrorni «Neftchi»ga ijaraga berishdi. Buni qarangki, Abror «Paxtakor»da amalda uning o‘rnini egallagan Ikrom Aliboyevga qarshi qo‘pollik uchun maydondan chetlatildi.

Aynan Ismoilovning chetlatilishi o‘yindagi hal qiluvchi vaziyat bo‘ldi. «Paxtakor»dek raqibni bosimda ushlaydigan jamoaga qarshi o‘yinda bir kishi kam qolish baribir o‘z so‘zini aytadi. Birinchi bo‘limda-ku «Neftchi» amalladi, ammo ikkinchi bo‘lim avvalida Dragan Cheran gol urib, «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi. Mo‘minjonov jamoasi amaldagi chempionga g‘alabani osonlikcha bermaganini ham qayd etish kerak.

Foto: Tribuna.uz

Shu o‘rinda «Paxtakor»ga yana Cheran g‘alaba keltirgani haqida ikki og‘iz. O‘tgan mavsumning oxirgi o‘yini kubok finali doirasidagi «Paxtakor» – «Nasaf» bahsi bo‘lgandi. Yarimfinaldagi qizil kartochka sabab finalda Dragan Cheran ishtirok etma olmadi va «Paxtakor» mag‘lub bo‘ldi.

Yangi mavsumning ilk o‘yinini «Paxtakor» yana «Nasaf»ga qarshi o‘tkazdi. Yaypandagi superkubok finalida Cheranning yagona goli «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi. Chempionat 1-turida Cheran Samarqanddagi «Dinamo»ga qarshi o‘yinda ham g‘alaba golini urdi. 2-turda yana Cheran g‘alaba goliga mualliflik qildi. Endi ham «Paxtakor» Cheranga bog‘lanib qolmagan deya olasizmi?

Tribuna.uz fotomuxbiri «Paxtakor» – «Neftchi» o‘yinini stadiondan kuzatdi. Quyida uchrashuvdan tayyorlangan fotoreportajni e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz

Suratlar muallifi – Muhammadjon G‘aniyev.

Mavzuga oid
Top