12:00 / 21.03.2022
5751
MJ Developers Navro‘z bilan tabriklaydi
Foto: MJ Developers

Bahorning uzoq kutilgan ayyomi — Navro‘z yaqinlashmoqda, bu bayramni butun Markaziy Osiyo xalqlari nishonlaydilar.

Navro‘z yangilanish, an’analarni qadrlash, xursandchilik va oila davrasida bo‘lish vaqtidir.

Shu munosabat bilan MJ Developers barcha o‘zbekistonliklarni muborakbod etadi!

MJ Developers – xalqaro qurilish bozorida 15 yildan ortiq tajribaga ega qurilish kompaniyasi. U BAA, Braziliya, Rossiya, Hindiston kabi mamlakatlarda ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.

Kompaniyaning missiyasi: «Yangi hayot tarzini quramiz”.

Kompaniya O‘zbekistondagi yirik loyihalari bilan mashhur, ular:

Toshkentdagi Minerva City (100 ga) va Lake City (100 ga) hamda Namangandagi Namangan Square (18 ga) turar joy majmualari;

Buxorodagi Bukhara Hyatt Regency — 5 yulduzli mehmonxona. 

Turar joy majmualari loyihasi qurilish konsepsiyasi bilan ajralib turadi, ya’ni ko‘p funksiyali qurilish ekanligi bilan. Kopsepsiya turar joy majmuasining ichida ham tijorat, ham ko‘ngilochar hududlarning bo‘lishini tashkillashtirgan, shuningdek, ushbu hududlar bo‘lajak aholi vaqt va boshqa resurslarini majmua ichida maksimal darajada oqilona hamda samarali taqsimlashlari uchun e’tiborga olib qurilmoqda.

Qurilishga bo‘lgan bunday munosabat dunyoning rivojlangan mamlakatlarida juda mashhur.

Kompaniyaning yana bir o‘ziga xosligi — xonadonlarning yashash uchun tayyorligi, ta’mirdan chiqarib topshirilishi. Xonadoningizning kalitini olganingizdan keyin unga ko‘chib kirish siz uchun ortiqcha moliyaviy xarajat yoki uzoq mulohazalarni talab qilmaydi. MJ Developers kompaniyasi nafaqat o‘z mijozlari istagini qanoatlantirish, balki jahon tendensiyasiga mos bo‘lishga ham intiladi.

Kompaniya loyihalarining yana bir muhim afzalligi — hududni ko‘kalamzorlashtirish puxta o‘ylab rejalashtirilgani. Shunda turar joy majmualari hududining 60 foizi yashil maskandan iborat bo‘ladi. Bunday o‘simliklar bilan qoplangan joyda qancha vaqt toza havoda sayr qilish, soya-salqin alleyalarda yayov yurib, shahar shovqinini unutib, sokinlikdan bahra olish mumkinligini bir tasavvur qilib ko‘ring.

Kompaniya o‘z mijozlarini unikal takliflari, aksiyalari bilan tez-tez mamnun qilib kelmoqda va ularning kompaniyaga bo‘lgan ishonchlari uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi.

Bayram shukuhi ezgu tuyg‘ular va quvonch bilan qalblaringizni to‘ldirsin, xonadonlaringizda farovonlik, shinamlik hukm sursin, uylaringizda doim qulaylik bo‘lishini esa MJ Developers o‘z zimmasiga oladi! 

Telefon raqami: 1145

Telegram: t.me/themjdevelopers

Instagram: instagram.com/themjdevelopers

Veb-sayt: themjdevelopers.com

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top