07:58 / 29.03.2022
3039

Toshkentdan Dehliga parvozlar soni oshirildi

Uzbekistan Airways Toshkent – Dehli – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar berdi. 

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, ayni paytda aviaqatnovlar seshanba va juma kunlari muntazam amalga oshirilmoqda.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, 17 apreldan boshlab parvozlar yakshanba kunlari, 4 maydan esa chorshanba kunlari ham amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

Bundan avval Uzbekistan Airways Namangan – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi xabar berilgandi.

Top