Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways samolyoti dvigateli ishlamay qolgani sababli Krasnoyarskka favqulodda qo‘ndi
Bortida 122 odam bo‘lgan samolyot qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi, hech kim jabrlanmadi. Samolyot parvozlardan chetlatildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing 767 samolyoti 21 yanvar kuni Toshkent - Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha uchib borayotganida favqulodda hodisa yuz berdi.
Ekipaj birinchi dvigatelning ishlamay qolishi sababli Rossiyaning Krasnoyarsk shahri aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Qo‘nish mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Samolyot bortida 101 nafar yo‘lovchi, 5 nafar ekipaj a’zosi va 16 nafar bort kuzatuvchisi bo‘lgan. Qo‘nish chog‘ida aeroportning barcha xizmatlari to‘liq shay holatga keltirildi va xavfsizlik qoidalariga muvofiq choralar ko‘rildi.
Qo‘nishdan so‘ng yo‘lovchilar chegara va bojxona nazoratidan o‘tkazildi va Rossiya Federal aviatsiya qoidalariga muvofiq xizmat ko‘rsatiladigan terminalning umumiy hududiga joylashtirildi. Samolyot texnik ko‘rikdan o‘tkazilgunga qadar parvozlardan chetlatildi.
Uzbekistan Airways Vladivostokka parvozni davom ettirish uchun zaxira samolyotini yuboradigan bo‘ldi. Yo‘lovchilar 22 yanvar kuni manzilga yetkazilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026