17:57 / 05.04.2022
28617
HUMO kartalarining ishlashi vaqtincha to‘xtatildi
Foto: Fotolia

HUMO kartalaridagi mablag‘larning ikki marotaba yechib olinishi va muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar sabab to‘lov tizimi o‘z terminallari va to‘lov ilovalarining ishini vaqtincha to‘xtatdi.

HUMO to‘lov sistemasi o‘z terminallari va to‘lov ilovalarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

«Bugun, 5 aprel kuni, soat 12:30dan 13:00gacha terminallarni HUMO protsessingiga ulashda qisqa muddatli qiyinchiliklar yuzaga keldi. Soat 13:00ga kelib bu holat bartaraf etildi va HUMO kartalari bilan barcha operatsiyalar qayta tiklandi.

Biroq, soat 15:00dan keyin kartalardan mablag‘larning ikki marotaba yechib olinishi va muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar kuzatildi. Kelajakda bu kabi xavflar va nosozlik holatlari takrorlanmasligi uchun vaziyat sabablari to‘liq aniqlanib, bartaraf etilguniga qadar kompaniya o‘z terminallari va to‘lov ilovalarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

MBPM yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Hozirda mobil ilovalarning ishlashi qisman tiklangan, yaqin vaqt ichida HUMO’ning boshqa barcha xizmatlari to‘liq hajmda ishlay boshlaydi», deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda HUMO kartalaridan pul o‘tkazib bo‘lmayotgani va bankomatlardan pul yechib olishda muammolar yuzaga kelayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid
Top