07:46 / 06.04.2022
5122
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 28 million kub metrdan ortiq gaz noqonuniy ishlatilgan

Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2022 yil yanvar-mart oylari davomida iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilindi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

3 oyda respublika bo‘yicha 765 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda, 28 million 398 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari aniqlangan. 

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, buning natijasida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 25 milliard 831 million so‘m zarar yetkazilgan.

Qayd etilishicha, ushbu miqdordagi tabiiy gaz 4 million xonadonning bir kunlik iste’molini tashkil qiladi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlarida aniqlangan.

Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Top