Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konidan neft sizib çiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi kondan neft çiqayotganini tasdiqlab, rasmiy bayonot berdi.

Vazirlik matbuot xizmatiga köra, 2025 yil dekabr oyining sönggi kunlarida Boysun tumani hududida joylaşgan «M-25» konida tarkibida neft saqlovçi suyuqlikning yer yuzasiga çiqişi holati kuzatilgan. Holat tegişli idoralar tomonidan zudlik bilan nazoratga olingan.

«Neft suyuqligi atrof-muhitga tarqalişining oldini oliş maqsadida kon hududi atrofida hamda yaqindagi soy özani böylab qöşimça himoya hovuzlari barpo etildi. Bu çoralar suyuqlikning keng maydonga yoyilişiga yöl qöymaslikka qaratilgan.

Yiğib olingan neft suyuqligi doimiy ravişda maxsus maydonga olib çiqilmoqda. U yerda har biri 5 ming metr kub hajmga ega bölgan, maxsus izolyatsiyalangan ikkita şlam hovuzi mavjud. Mazkur infratuzilma neft suyuqligini xavfsiz saqlaş va kelgusida undan samarali foydalaniş imkonini beradi.

Ma’lum qilinişiça, barça işlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga töliq rioya etilgan holda olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Foto: Energetika vazirligi

Neft suyuqligi namunasi böyiça tahlil işlari olib borilmoqda. Uning natijalariga asosan qayta işlaş imkoniyatlari örganiladi, geologik tadqiqotlar esa davom etmoqda.

Hozirgi kunda holat doimiy monitoringda bölib, neft suyuqligi jilovlangan. Dastlabki kunlarda çiqib kanalga oqqan neft suyuqliklarini tozalaş işlari olib borilmoqda.

Holat böyiça qöşimça ma’lumot berilişi qöşimça qilingan.