18:00 / 11.04.2022
19438
Reklama

Yoshlar ishlari agentligi sovrin jamg‘armasi 880 million so‘mlik Respublika shaxmat turnirini e’lon qildi

Foto: Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va «Sky Chess» maktabi bilan hamkorlikda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida respublikamiz bo‘ylab «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» shaxmat turnirini e’lon qildi.

Turnir mahalla, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. Bunda yoshidan qat’i nazar, barcha professional va havaskor shaxmatchilar ishtirok etishi mumkin. Turnir 18 apreldan mahallalarda boshlanadi.

Ushbu shaxmat turniridan ko‘zlangan maqsad — kuchli shaxmat o‘ynaydigan iqtidorlarni, ayniqsa, olis hududlardagi shaxmatchilarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat!

Arizalar 18 aprelga qadar qabul qilinadi.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: @uzshaxmatbot

Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati Ⓣ

Top