07:40 / 19.04.2022
9869
O‘tkir Qodirov Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Foto: t.me/nigoh_01

O‘tkir Qodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar bermoqda.

E’lon qilingan ma’lumotda O‘tkir Qodirovning qaysi ishga o‘tkazilgani hamda uning o‘rniga kim tayinlanishi haqida xabar berilmagan.

O‘tkir Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. 

U Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yig‘ma-tahlil bo‘limi boshlig‘i, Tashqi savdo vazirligi import tahlili va ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish takliflarini shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vazirligida shartnoma-huquq boshqarmasi mas’ul xodimi, prezident administratsiyasida mas’ul xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O‘tkir Qodirov 2021 yil aprel oyi boshlarida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Top