Ötkir Qodirov Davlat bojxona qömitasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi. U Qişloq xöjaligi vazirligi Strategik rivojlantiriş va xalqaro hamkorlikni muvofiqlaştiriş boş boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgandi.

Qişloq xöjaligi vazirligi axborot xizmati xabariga köra, Ötkir Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Özbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş oliy maktabini tamomlagan.
U Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yiğma-tahlil bölimi boşliği, Taşqi savdo vazirligi import tahlili va işlab çiqarişda mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş takliflarini şakllantiriş boşqarmasi boşliği, Taşqi işlar vazirligida şartnoma-huquq boşqarmasi mas'ul xodimi, prezident administratsiyasida mas'ul xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Anvar Asamov Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. A.Asamov 2020 yildan buyon investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
















