17:00 / 26.04.2022
6118
Mobiuz abonentlari soni 6,6 milliondan oshdi

Mobiuz mobil operatorining bugun ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan onlayn brifingida bu va boshqa ma’lumotlar aytib o‘tildi.

Foto: Mobiuz

Mobiuz’ning joriy yil birinchi choragidagi faoliyati yakunlari haqida kompaniya matbuot kotibi Sardor Tojiyev so‘zlab berdi.

Xususan, birinchi chorakda kompaniyaning MoU ko‘rsatkichi (bitta faol abonentga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan daqiqalar soni) 880 daqiqani tashkil etdi. MBoU (bitta faol abonentga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan megabaytlar hajmi) 2021 yilga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi va 3,6 ming MBdan oshdi.

Bunga turli omillar, jumladan, marketing faolliklar va o‘tgan yil davomida 4G LTE tarmoqlaridan foydalanuvchi Mobiuz abonentlari ulushining 12 baravardan ko‘proq oshgani sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda aholi yashaydigan hududlarning Mobiuz to‘rtinchi avlod tarmog‘i bilan qamrovi bir yil ichida 30 foizdan 80 foizga oshdi.

O‘tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab Mobiuz Xitoy Xalq Respublikasi bilan umumiy qiymati 150 million dollarlik sarmoyaviy loyihani faol amalga oshirmoqda. Bu loyiha mavjud tayanch stansiyalarni jadal modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish, tegishli infratuzilmani yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

Joriy yilning birinchi choragida kompaniyaning 591 ta tayanch stansiyasi tijoriy maqsadlarda foydalanishga topshirildi. Hozirda kompaniya mutaxassislari 5G tarmog‘ini tijoriy ishga tushirishga tayyorlanishmoqda. Transport tarmog‘ini modernizatsiya qilish, noyob xizmatlarni joriy etish bo‘yicha billing tizimini yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida Mobiuz abonentlar turli mahsulot va xizmatlardan foydalanishi uchun o‘z mobil ilovasini ishga tushirdi. U asta-sekin takomillashtirilib, yangi funksiya va qulayliklarga ega bo‘lmoqda. Masalan, shu kunlarda mobil ilovaning barcha yangi foydalanuvchilari bonus sifatida 500 MB olishlari mumkin.

Birinchi chorakda kompaniya tomonidan bir qator marketing faolliklari amalga oshirildi. “Orzu uchun millionlar” aksiyasi bo‘yicha abonentlar o‘rtasida 980 million so‘m o‘yini bo‘lib o‘tdi, tungi cheksiz internet va tungi internet-to‘plamlar narxlari pasaytirildi, Mobi 60 tarif rejasi joriy etildi. Chiroyli raqamlarni 100% gacha chegirmalar bilan ulash aksiyasi yanada qulay bo‘ldi. Bundan tashqari, Mobiuz chiroyli raqamlari haqini 2 yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Abonentlar va aholiga xizmat ko‘rsatish yanada qulay bo‘lishi uchun Mobiuz tijorat hamkorlarining respublikadagi savdo shoxobchalari soni ko‘payib bormoqda. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, 2,3 mingtadan ko‘proq savdo shoxobchalari faoliyat olib bormoqda.

Abonentlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ham takomillashtirilmoqda. Birinchi chorakda birgina Mobiuz aloqa markazi raqamlariga 3 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushdi. Qo‘shimcha qulayliklar yaratish va abonentlarni qiziqtirgan savollarga tezkorlik bilan javob berish maqsadida «Mobiuz Chat» Telegram-guruhi, shuningdek, maxsus Telegram-boti joriy etilgan.

Brifingda ta’kidlanganidek, Mobiuz abonentlar va jamoatchilikka o‘zining rivojlanish jarayoni haqida muntazam ravishda onlayn tadbirlar orqali keng ma’lumot berib boradi. Ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar Mobiuz Telegram-kanalida joylashtiriladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top