12:00 / 21.06.2022
8971

Agrobankning moliyaviy ko‘magi yordamida O‘zbekistondagi yana bir yirik loyiha ishga tushdi

Foto: Agrobank

Agrobank strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan tadbirkorlik sub’yektlarini faol qo‘llab-quvvatlash ekanligidan kelib chiqib, bank kichik biznes loyihalari bilan bir qatorda yirik sanoat va ishlab chiqarish loyihalarini ham moliyalashtirib keladi. 

Shunday yirik loyihalardan biri — Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida "TERMEZ NATIONAL CARPETS" MChJ tashabbusida ishga tushirilgan, yiliga 4,5 million kv.m. o‘lchamdagi gilamlar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan loyihadir.

Viloyat uchun bunday tadbirkorlik loyihasi, shubhasiz ko‘lami va biznes yo‘nalishi jihatidan o‘ziga xos hisoblanadi. Loyihaning jami qiymati 22,2 million yevro bo‘lib, shundan 15,5 million yevrolik qismi Agrobank tomonidan moliyalashtirilgan.

O‘tgan hafta, aniqrog‘i 16 iyun kuni bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun aynan shu loyiha manzilida press-tur tashkillashtirildi. Ushbu press-turdan ko‘zlangan asosiy maqsad — jurnalist va blogerlarga loyihani bevosita joyida kuzatish, u to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish hamda ular orqali xalqqa Agrobankning yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faolligi boshqa yo‘nalishlar kabi jadal ekanligini ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur fabrikaga Agrobank jalb qilgan kredit liniyasi mablag‘lari hisobiga, Yevropaning eng ilg‘or va zamonaviy gilam ishlab chiqarish stanoklari sotib olib kelinib, o‘rnatilgan. Shu sababli mahsulot sifati yuqori. Bu esa o‘z navbatida, korxonaning gilam mahsulotlariga nafaqat ichki bozor, balki qo‘shni davlatlarda ham talab paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.

Bugungi kunda tayyor mahsulotning 45 foizi qo‘shni davlatlar — Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistonga eksport qilinmoqda. Viloyatning geografik joylashuvi masofa va mahsulot logistikasiga ham qulaylik tug‘diradi.

Press-tur davomida korxona vakillari loyiha to‘g‘risida alohida taqdimot tashkillashtirishdi. Korxona bosh texnologi Kamol Alimovning aytishicha, bugungi kunda korxonada 250 dan ortiq odam mehnat qilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yillik mahsulot sotuvi 34,1 mln yevro, sof foyda miqdori esa 5,6 million yevrodan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Korxona vakillari loyihaning ishga tushish jarayonida Agrobankning o‘rni katta ekanligiga alohida urg‘u berishdi. Xususan, bank xodimlari mazkur loyiha yo‘lga qo‘yilishining barcha bosqichlarida faol ishtirok etganligi alohida qayd etildi.

Jurnalist va blogerlarga loyihaning boshqa e’tiborga molik jihatlari, ishlab chiqarish jarayoni, xususan xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan bosqichlar batafsil tushuntirildi.

Mazkur press-tur har tomonlama tubdan transformatsiyalanish jarayonlarini amalga oshirayotgan bankning ushbu yo‘nalishdagi yutuqlarini zimdan kuzatish imkonini yaratgan tadbir bo‘ldi deyish mumkin.

Agrobank matbuot xizmati Ⓣ

Top