Hozirda Jahon savdo taşkilotiga 164 davlat a’zo va uşbu mamlakatlar hissasiga global savdo va jahon yalpi içki mahsulotining qariyb 98 foizi töğri keladi. Özbekiston ham taşkilotga a’zo böliş uçun 1994 yilda ariza bergan bölsa-da, haligaça qabul qilinmagan. Bunga bir qança omillar ta’sir körsatgan.
Foto: ReutersFoto: Reuters
21 iyun kuni Şveytsariyaning Jyeneva şahrida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi böyiça işçi guruhning 5-yiğilişi bölib ötdi. Xöş, JST qanday taşkilot va unga qöşiliş Özbekiston uçun nimani anglatadi?
JST haqida
Jahon savdo taşkiloti (JST) – xalqaro savdoni liberallaştiriş, savdo va siyosiy munosabatlarni tartibga soliş bilan şuğullanadigan hukumatlararo taşkilot bölib, 1995 yil 1 yanvarda imzolangan kelişuv asosida faoliyat körsatadi. Bugungi kunda dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy taşkilotga 164 davlat a’zo va uşbu mamlakatlar hissasiga global savdo va jahon yalpi içki mahsulotining 98 foizi töğri keladi.
JST 1947 yilda tuzilgan xalqaro bitim – GATTʼning davomçisi hisoblanadi. Taşkilotga a’zo va iştirokçi mamlakatlar uçun majburiy bölgan tamoyillar va qoidalar belgilangan.
JSTning asosiy vazifasi global iqtisodiyotni kuzatiş orqali xalqaro savdo izçilligi va şaffofligini ta’minlaşdir. Şuningdek, taşkilotning yana bir ustuvor yönalişi rivojlanayotgan, kam rivojlangan va kam daromadli mamlakatlar bilan hamkorlik qiliş orqali JSTning qoida va intizomlariga moslaşişga yordam beriş hisoblanadi.
Bugungi kunda JSTning asosiy 5 tamoyili mavjud.
1. Kamsitmaslik. Bu tamoyil eng maqbul millat tuşunçasiga qarama-qarşi qöyiladi, ya’ni taşkilot a’zosi qolgan barça a’zo davlatlarga savdo-sotiqda bir xil şart-şaroit yaratişi kerak. Şuningdek, import qilinadigan tovarlarga mahalliy işlab çiqariladigan mahsulotlar bilan bir xil munosabatda böliş talab etiladi.
2. Özaro döstlik. Bunda asosan davlatlar uçun taşqi bozorlarga kiriş uçun imkoniyatlarni oşiriş va özaro munosabatlarni yaxşilaşga e’tibor qaratilişi belgilangan.
3. Yuklangan va amalga oşirsa böladigan majburiyatlar. Köp tomonlama savdo muzokaralarida va taşkilotga qöşilişda qabul qilingan tarif majburiyatlariga davlatlarning rioya qilişi lozimligi. Bunda a’zo davlat öziga yuklatilgan majburiyatlarni savdo şeriklari bilan muzokaralar olib borilgandan keyingina özgartirişi mumkin.
Mavzuga oid
4. Şaffoflik. Taşkilotga a’zo mamlakatlar öz savdo qoidalari haqida doimiy ma’lumotlar berişi, savdoga ta’sir ötkazadigan ma’muriy qarorlarni körib çiqişga imkon beradigan muassasalarni saqlab turişlari, ma’lumot oliş maqsadida boşqa a’zo davlatlar tomonidan yuborilgan sörovlarga javob berişlari belgilangan.
5. Xavfsizlik. Muayyan şaroitlarda davlatlar savdoni çeklaş imkoniyatiga ega. JST şartnomasi a’zolariga nafaqat atrof-muhitni, balki aholi salomatligi, hayvonlar va ösimliklarni himoya qiliş böyiça majburiyatlar yuklaydi.
Nega Özbekiston taşkilotga şu paytga qadar qabul qilinmadi?
JSTga a’zo böliş jarayoni har bir murojaat etuvçi mamlakat uçun alohida örganib çiqiladi va a’zo böliş şartlari mamlakatning iqtisodiy rivojlaniş bosqiçiga va amaldagi savdo rejimiga boğliq tarzda amalga oşiriladi. Jarayon örtaça beş yil davom etişi, ammo mamlakat taşkilot talablariga töla javob bermasa yoki siyosiy muammolar xalaqit beradigan bölsa, u uzoqroq muddatga çözilişi mumkinligi közda tutilgan. JSTga a’zo böliş uçun eng qisqa muddatli muzokaralar Qirğiziston bilan (2 yil-u 10 oy), eng uzoq muzokaralar esa Rossiya bilan (19 yil-u 2 oy) amalga oşirilgan.
Özbekiston JSTga a’zo böliş uçun 1994 yil 21 dekabrda ariza topşirgan va işçi guruh tuzilgan. Ba’zi ekspertlar ta’kidlaşiça, 90-yillarning ikkinçi yarmidan boşlab Özbekiston taşqi savdo siyosatida proteksionizm ustuvor ahamiyat kasb eta boşlaydi. Bu asosan, mamlakatning asosiy eksport mahsulotlari narxi jahon bozorida pasayişi bilan izohlanadi. Hukumat esa valuta nazorati orqali importni qisqartira boşlaydi. 1998 yilda Osiyo mamlakatlarida yuz bergan iqtisodiy inqiroz proteksionizmga bölgan munosabatini yanada kuçaytiradi.
2003 yilda valuta ayirboşlaş çeklovlari olib taşlanadi va savdoni erkinlaştiriş tomon qadam taşlanadi. Islohotlar natijasida savdo va umuman iqtisodiyot sezilarli darajada ösadi. Biroq 2008 yildagi jahon iqtisodiy inqirozi Özbekistonga jiddiy ta’sir körsatadi. Şundan söng hukumat xorijiy valuta ustidan qayta nazorat örnatadi va yana savdo proteksionizmiga qaytadi. Rasmiy kurs va norasmiy bozor kursi örtasida katta tafovut yuzaga kela boşlaydi. Aynan çeklangan valuta konvertatsiyasi köp yillar davomida Özbekistonning JSTga a’zo böliş yölidagi asosiy tösiq bölib keladi. Bojxona tösiqlari va davlatning iqtisodiyotga yuqori darajadagi aralaşuvi yillar davomida saqlanib qoladi.
Umuman olganda, 2005 yilda işçi guruhning uçinçi yiğilişi ötkaziladi va şundan söng muzokara jarayonlari töxtab qoladi. Bu 2005 yil may oyidagi Andijon voqealari sabab Özbekiston va xalqaro moliya institutlari örtasidagi munosabatlar sovuqlaşib ketişi bilan ham boğlanadi.
Işçi guruh faoliyati qayta tiklanişi
Özbekistonda 2017 yil sentabr oyidan valuta kursini talab va taklifga asosan erkin belgilaş tartibi joriy etildi. Şundan söng JSTga a’zo böliş masalasi yana kun tartibiga qaytdi. 2019 yil boşiga kelib, işçi guruh faoliyati hukumat tomonidan jonlantiriladi. 2020 yil 7 iyulda 15 yillik tanaffusdan keyin Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi böyiça qöşma işçi guruh yiğilişlari qayta tiklanadi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 may kuni «Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya töğrisida»gi nizomni tasdiqlaş haqidagi qarori qabul qilinadi.
Özbekiston hukumatida boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov mazkur taşkilotga a’zo böliş işlarini muvofiqlaştirişga mas’ul etib belgilangan.
Avvalroq, Jahon savdo taşkiloti boş direktori örinbosari Syançen Çjan Özbekistonning JSTga kiriş masalasi körib çiqilayotganini ma’lum qilgandi.
JSTga qöşiliş Özbekistonga nima beradi?
JSTning asosiy tamoyili – erkin, oçiq va şaffof raqobat hisoblanadi. Agar Özbekiston taşkilotga a’zo sifatida qabul qilinsa, global savdo «öyin qoidalari»ga amal qilgan holda, bosqiçma-bosqiç proteksionizmdan voz keçadi.
Bu birinçi navbatda, bojxona tariflari kamayişi hisobiga iste’molçilarga arzon va sifatli tovarlar hamda xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini taqdim qiladi. Xomaşyo narxi pasayişi hisobiga mahalliy mahsulotlar narxi ham arzonlaşadi va xalqaro bozordagi raqobatbardoşligi ortadi. Logistika bilan boğliq xarajatlar sezilarli darajada kamayadi.
Çetdan olib kirilayotgan xomaşyo narxi qança arzon bölsa, mamlakat içida işlab çiqarilgan tayyor mahsulot narxi ham şunça past böladi. Raqobatbardoşlik oşadi. Bu dastlabki davrda milliy işlab çiqarişga salbiy ta’sir ötkazsa-da, uzoq muddatli istiqbolda raqobat muhitini vujudga keltirişda ijobiy omil hisoblanadi.
Mamlakat içidagi monopol kompaniyalarning içki bozordagi ustun mavqeyiga çek qöyiladi va erkin raqobat muhiti yaratiladi. Hozirgi şaroitda Özbekistondagi import proteksionizmi darajasi ança baland hisoblanadi.
Şuningdek, investorlarning Özbekiston bozoriga kirişi köpayadi. Bu esa yangi iş örinlari yaratilişiga imkoniyat taqdim qiladi.
Bundan taşqari, örta muddatli istiqbolda taşkilotga a’zolik inflatsiya yaxşigina pasayişiga zamin yaratadi.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Jahon savdo taşkiloti?
Nazariy jihatdan qaraydigan bölsak, har ikki taşkilotga a’zo böliş bir-birini inkor etmaydi. Xalqaro ekspertlar qayd etişiça, hukumat JSTga ham, YeOIIga ham a’zo bölişni maqsad qilgan bölsa, avval global savdo taşkilotiga (bunda YeOII a’zolari – Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston va Rossiya misol tariqasida körsatilgan), keyin esa mintaqaviy taşkilotga kirişi kerak.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Nişonboy Sirojiddinov bir qança omilga köra, Jahon savdo taşkilotiga (JST) a’zo böliş YeOIIga qöşilişdan köra foydaliroq ekanini aytib ötgandi:
YeOIIga a’zo böliş, taşkilot taşqi savdo qoidalarini qabul qilişni anglatadi. Bu esa JSTga kiriş uçun olib borayotgan muzokaralarni mantiqsiz qilib qöyadi va taşqi savdo siyosatni mustaqil belgilaşdan voz keçilişiga olib keladi;
YeOIIga qöşiliş Özbekistonga uçinçi mamlakatlar, xususan, Turkiya, Singapur va Janubiy Koreya bilan erkin savdo zonalarini yaratiş imkonini çeklab qöyadi. Qoidasi böyiça mamlakat erkin iqtisodiy hudud taşkil qilmoqçi bölsa, boşqa umumiy boj tölovi örnatiladigan integratsion taşkilotlarga kirmasligi kerak;
JSTga a’zo böliş Özbekistonga boşqa iştirokçilar bilan kelişilgan holda öz manfaatlaridan kelib çiqib, taşqi savdo bojlarini belgilaş imkonini beradi. Bu esa asosan import qilinuvçi mahsulotlarga past boj tölovlarini keyinçalik YeOIIga qöşilgan vaqtda ham Qozoğiston singari saqlab qoliş imkoniyatini beradi.
Ta’kidlab ötiş joizki, global savdo bloklariga eng kam integratsiyalaşgan Özbekiston uçun JSTga kiriş muhim qadam hisoblanadi. YeOIIga qöşiliş masalasi esa bugungi kundagi global siyosiy beqaror vaziyat fonida foydadan köra, köproq zarar keltirişi mumkin. Rossiya-Ukraina uruşi çöziladigan bölsa, Rossiyaga reeksportning oldini oliş maqsadida bojxona ittifoqiga kiruvçi boşqa davlatlarga ham sanksiyalar qöllanişi ehtimoli mavjud.