15:50 / 29.06.2022
3058
Namanganda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Yuk mashinasidagi somon elektr simlariga tegib ketishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.

Foto: FVB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 28 iyun kuni soat 11:13da Mingbuloq tumani “Qo‘g‘aliko‘l” MFY hududida harakatlanib ketayotgan “Mersedes benz 817” yuk mashinasida 320 dona presslangan somonlar bo‘lgan.

Somonlar mahalliy elektr simlariga tegib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq holda va 200 dona presslangan somon yonib zararlangan.

“Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohat olganlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Toshkentda yuk mashinasi yonib ketganligi xabar qilingan edi

 

 

Mavzuga oid
Top