13:00 / 08.07.2022
7709

Birgalikda yaxshilik qilamiz: ERIELL Group, Enter Engineering va Humo Arena tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Foto: ERIELL Group

Muborak Qurbon hayiti arafasida ERIELL Group,Enter Engineering kompaniyalari va Humo Arena ma’muriyati “APLA” jamoat birlashmasi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya tadbiri o‘tkazdi. Kompaniyalar 386 nafar imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oila a’zolarini bayram bilan tabrikladi.

Foto: ERIELL Group

Qurbon hayiti O‘zbekistonda eng qadimiy va ardoqli bayramlardan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi ma’naviy-axloqiy poklanishdir. Bayramlarni oila va do‘stlar bilan o‘tkazish, birga ovqat pishirish, sovg‘alar berish va muhtojlarga yordam ko‘rsatish odat tusiga kirgan. Ayniqsa, muhtojlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish faqatgina muqaddas bayramning bir qismi emas, balki o‘zbek xalqining azaliy qadriyatidir.

Foto: ERIELL Group

ERIELL Group va Enter Engineering ko‘p yillar davomida xayriya faoliyatini amalga oshirib keladi va mamlakat bo‘ylab imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.

Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan aksiya 6 iyul kuni Humo Arena muz majmuasida bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida mehmonlarga qiziqarli sayohat uyushtirilib, imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar namoyish etildi.

Foto: ERIELL Group

Ekskursiya davomida ishtirokchilar o‘zlarini haqiqiy xokkeychilardek his qildilar, arena muziga chiqib, darvozaga shayba kiritdilar va figurali uchish ustalari tomonidan bayram munosabati bilan maxsus tayyorlangan ajoyib chiqishdan bahramand bo‘ldilar.

Foto: ERIELL Group

Bolalarning yurtimizdagi eng yaxshi muz saroyi bilan tanishish vaqtidagi hissiyotlari, bildirgan tilaklari, minnatdorchiliklari Qurbon hayitiga eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi.

Foto: ERIELL Group
Foto: ERIELL Group

Tadbir bayramona dasturxon va professional oshpazlar tomonidan tayyorlangan xushbo‘y palov bilan davom etdi – barchasi Humo Arena ma’muriyati tomonidan sharqona mehmondo‘stlik va mehmonlarga e’tibor bilan tayyorlandi. Tadbir sovg‘alar va tabriklar bilan yakunlandi.

Foto: ERIELL Group

Salomatliklari tufayli bayramga kela olmagan bolalar haqida ham unutmadik. Ertasi kuni kompaniya vakillari sovg‘alar va shirinliklar bilan ularning oldiga tashrif buyurishdi.

Foto: ERIELL Group

“Jamoat birlashmamiz nomidan barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, bizning uyushmamizdagi bolalar ko‘pchilik uchun mavjud bo‘lgan oddiy ne’matlardan mahrum. Lekin birinchi navbatda, ular bola. Shu sababli nafaqat moddiy, balki ma’naviy yordam va e’tiborga ham muhtoj. Bugungi kun barchamiz uchun haqiqiy bayramga aylandi. Bunday damlarda biz yolg‘iz emasligimiz va doim sizga tayanishimiz mumkinligiga ishonamiz”, — dedi APLA ijrochi direktori Olesya Usmonova.

Bunday xayriya aksiyalari kompaniyalar uchun an’anaga aylanib ulgurgan. Bu kabi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib boriladi, chunki bunday uchrashuvlar ezgu amallar uchun imkoniyat har doim topilishini jamiyatga eslatib turadi.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top