11:24 / 11.07.2022
12712

Novak Jokovich 7-marta Uimbldonda g‘alaba qozondi 

2022 yilgi Uimbldon finalida avstraliyalik Nik Kirosni mag‘lub etib, Novak Jokovich Katta dubulg‘a musobaqalarida o‘zining 21-chempionligini qo‘lga kiritdi.

Foto: Reuters

Serbiyalik Novak Jokovich sport karerasida yettinchi bor Uimbldon tennis turnirida g‘olib chiqdi. 10 iyul, yakshanba kuni u nufuzli musobaqa finalida avstraliyalik Nik Kirosni mag‘lub etib, Katta dubulg‘a musobaqalarida 21-chempionligini qo‘lga kiritdi. 

Uimbldon-2022 finalining o‘ziga xos intrigasi Jokovich va Kiros o‘rtasidagi kortdagi ushbu uchrashuv oldidan serbiyalik tennis yulduzining avstraliyalikka qarshi birorta setda g‘alaba qozona olmagani bilan bog‘liq edi. 

Ayni vaqtda dunyoning uchinchi raketkasi bo‘lgan Novak Jokovich uchrashuv davomida 15 marotaba eysni amalga oshirdi va 7 ta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi. Nik Kiros 30 ta eysni rasmiylashtirdi hamda serbiyalik bilan bir xil miqdordagi qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi. 

Uimbldonda chempionliklar soni bo‘yicha Jokovich amerikalik tennischi Pit Samprasga yetib oldi. Shveytsariyalik Rojyer Federer sakkizta g‘alaba bilan yakkalik bahslarida rekordchi hisoblanadi. 

Bir kun avval, 9 iyul kuni ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida bu yilgi Uimbldon turnirining chempioni aniqlandi. Moskvada tug‘ilgan, musobaqada Qozog‘iston nomidan qatnashgan 23 yoshli Yelena Ribakina g‘olibaga aylandi. Finalda u tunislik Ons Jaberni mag‘lub etdi. 

Mavzuga oid
Top