07:42 / 14.07.2022
1325
Uzbekistan Airways'ning Toshkentdan Tokioga parvozlari tiklanmoqda

Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, ikki yildan so‘ng Uzbekistan Airways Toshkent – Tokio – Toshkent xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda. 

Qayd etilishicha, 2022 yil 4 avgustdan boshlab parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bunda:

  • Toshkentdan uchish: soat 22:05 da(Toshkent vaqti bilan);
  • Tokioga yetib borish: Tokio vaqti bilan juma kuni soat 09:40 da;
  • Tokiodan uchish: soat 11:00 da (Tokio vaqti bilan);
  • Toshkentga yetib kelish: soat 16:10 da (Toshkent vaqti bilan) amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways 2020 yilning 1 martidan boshlab dunyoda koronavirus tarqalishi sababli Tokioga muntazam qatnovlarni to‘xtatgan edi.

Top