12:45 / 19.07.2022
2321
O‘zbekistonda 4034 kg va 22 626 dona karantin ostidagi mahsulot yo‘q qilindi

Eksport mahsulotlarida 266 ta holatda 9 turdagi karantin obektlari aniqlandi. 

Sabina Sadinova / Videodan kadr

Joriy yarim yillikda 4034 kg va 22 626 dona karantin ostidagi mahsulot yo‘q qilindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lumot berdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 2 mln 619 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida ikki martadan fitosanitar monitoring va dala nazorati o‘tkazilib, 183 ming 860 ta dala nazorati dalolatnomasi rasmiylashtirildi. 

2022 yil davomida import qilingan mahsulotlarda 118 ming 83 ta laboratoriya ekspertizalari o‘tkazilib, 260 ta holatda 14 turdagi karantin obekti aniqlangan.

Eksport mahsulotlarida 96 ming 742 ta ekspertiza o‘tkazilib, 266 ta holatda 9 turdagi karantin obektlari aniqlandi. 

492 tonna va 4 387 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarildi hamda 8,76 tonna va 2 657 dona mahsulot yo‘q qilindi.

Mavzuga oid
Top