10:15 / 24.07.2022
13285

«Sharja» Otabek Shukurov Pirlo boshqaruvidagi Turkiya klubiga o‘tayotganini ma’lum qildi

Foto: Getty Images

«Sharja» yarimhimoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin. 

BAA klubi matbuot xizmati o‘zbekistonlik 26 yoshli futbolchi «Fotih Karagyumruk» bilan yakuniy muzokaralar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Fotih Karagyumruk» bosh murabbiyligiga «Yuventus»ning sobiq yarimhimoyachisi va murabbiyi Andrea Pirlo tayinlangandi. Jamoa o‘tgan mavsumda Turkiya Superligasida 8-pog‘onani egallagan.

Top