Özbekiston milliy terma jamoasining yetakçi futbolçilaridan biri Otabek Şukurov faoliyatini Birlaşgan Arab Amirliklarining «Baniyas» klubida davom ettiradi. Futbolçi erkin agent maqomida yangi jamoasi safiga qöşildi. Uning «Baniyas» bilan imzolagan şartnomasi şartlari haqida ma’lumot berilmadi.

Sönggi haftalarda 29 yoşli yarimhimoyaçining nomi bir qator BAA jamoalari bilan boğlangan edi. Muzokaralar yakunida Şukurov «Baniyas» klubini tanladi. U ötgan mavsumni Saudiya Arabistonining «Al-Fayha» klubida ötkazgan.

Otabek Şukurov futbolçilik faoliyatini 2014 yilda Muborakning «Maş’al» klubida boşlagan. Keyinçalik «Bunyodkor», «Buxoro», «Şarja» (BAA), «Fotih Qoragumruk» (Turkiya), «Qaysarispor» (Turkiya), «Al-Fayha» (Saudiya Arabistoni) klublarida öynagan.

Özbekiston milliy jamoasi tarkibida 79 öyinda maydonga tuşib, 9 ta gol urgan.

Futbolçilarning şartnomalarini kuzatib borişga ixtisoslaşgan Transfermarkt portali Otabek Şukurovning transfer qiymatini 1,8 mln yevroga baholagan.