16:50 / 26.07.2022
11064

Samarqandda 3 ming dollarni noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Samarqand tumanida chet el valutasi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridagi «Siyob» dehqon bozori atrofida valuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan K.D. fuqarolar E. va O‘.ga jami 3 000 AQSh dollarini 33 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top