15:01 / 27.07.2022
7275

14 ta prezident maktabi xalqaro Kembrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi

O‘zbekistondagi 14 ta prezident maktabi xalqaro Kembrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.

Foto: AOKA

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 6 oyi yakunlari bo‘yicha Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirildi. 

Agentlik tizimidagi 14 ta prezident maktabi xalqaro Kembrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi. 

Ma’lumot uchun, A-level Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan sertifikatlar xalqaro oliy standart sertifikati hisoblanadi.

Joriy yil may-iyun oylarida A-level imtihonlari Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi prezident maktablarida bo‘lib o‘tdi. 2022/2023 o‘quv yilidan e’tiboran esa respublika hududidagi barcha Prezident maktablarida mazkur imtihonlarni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Top