15:14 / 28.07.2022
40110

DXX Surxondaryoda 50 mln so‘mga qotillikka buyurtma bergan shaxsni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati 50 million so‘mga qotillikka buyurtma bergan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi 66 yoshli M.A. o‘z qarindoshini o‘ldirish uchun termizlik A.B.ga murojaat qilgan.

U o‘zining tengdoshi bo‘lgan qarindoshini o‘ldirib berish evaziga A.B.ga 50 million so‘m va’da qilgan. 

Joriy yilning 24 iyul kuni Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuratura tezkor xodimlari hamkorligida Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, M.A. oldindan kelishilgan puldan avans hisobida 1,8 million so‘mni “killerga” berayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Top