07:55 / 29.07.2022
9650
Afg‘onistondagi IShID jangarilari soni ma’lum qilindi

RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov Afg‘onistonda IShID jangarilari soni ortib borayotgani haqida brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Foto: Ghulamullah Habibi/European Pressphoto Agency

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ularning soni 6 ming nafarga yaqin.

«Taxminan ularning soni olti mingga yetdi. Yodingizda bo‘lsa, toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, ularning IShIDga qarshi qattiq qadamlari natijasida jangarilar soni ikki mingga yaqin edi, ya’ni kutilmaganda uch baravar ko‘paygan», — dedi Kabulov. 

Unga ko‘ra, toliblar hokimiyat tepasiga kelguniga qadar mamlakatda IShIDning 10 mingdan ortiq jangarisi bo‘lgan.

Kabulovning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi vaziyatning bunday rivojlanishi Kobul va boshqa davlatlar uchun xavf tug‘diradi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro terrorchi tashkilotlar bilan aloqalarni uzishga chaqirgan edi. 

«Biz Afg‘onistonning amaldagi hukumatini qat’iy iroda namoyish etishga hamda terrorizmning barcha ko‘rinish va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik va unga qarshi kurashish, barcha xalqaro terroristik tashkilotlar bilan aloqalarni uzish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga chaqiramiz», — deyiladi O‘zbekiston prezidenti murojaatida. 

Bu muvaqqat hukumatga ishonchni mustahkamlash, Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyat bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik muhitida barqaror rivojlanishi uchun real istiqbollarni ochishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Top