10:43 / 29.07.2022
3375
Toshkentdan Rossiyaning yana ikki shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkent shahridan Rossiyaning yana ikkita shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilyapti. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Xususan, avgust oyida Toshkent - Novosibirsk va Toshkent - Omsk yo‘nalishlari o‘z faoliyatini boshlaydi.

2022 yil 1 avgust kunidan boshlab, har dushanba kunlari soat 14:00 da Toshkent - Novosibirsk (803 000 so‘m), 2022 yil 6 avgust kunidan boshlab, har seshanba va shanba kunlari soat 23:30 da Toshkent - Omsk (803 000 so‘m) yo‘nalishida avtobus qatnovi amalga oshiriladi.

2022 yil 18 iyul kunidan boshlab, har dushanba va payshanba kunlari soat 12:00 da Toshkent - Moskva (1 003 000 so‘m) yo‘nalishida, har seshanba va juma kunlari soat 11:00 da Toshkent - Qozon (803 000 so‘m) yo‘nalishida, har chorshanba va shanba kunlari soat 16:00 da Toshkent - Sankt-Peterburg (1 253 000 so‘m) yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan oldin Transport vazirligi Rossiyaga avtobus qatnovlarida yo‘lovchilar xavfsizligi qanday ta’minlanishini tushuntirgandi

Top