Transport vazirligi Rossiyaga avtobus qatnovlarida yo‘lovchilar xavfsizligi qanday ta’minlanishini tushuntirdi
Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni davlatlarga “Toshkent” avtovokzali orqali tashkil etilayotgan avtobus reyslarida ishonchli xizmat ko‘rsatilishi kafolatlanadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya shaharlariga yo‘nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MChJ korxonasining “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi. Yo‘nalishga chiqayotgan har bir avtobusga 3 nafardan haydovchi biriktirilgan.
“Yo‘nalishlarga chiqishdan oldin har bir haydovchi tibbiy ko‘rikdan, avtobuslar esa texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qatnov davomida har to‘rt soatda haydovchilar almashadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Transport vazirligi tomonidan quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi:
18 iyuldan boshlab Toshkent-Moskva yo‘nalishida haftaning dushanba va payshanba kunlari, chipta narxi – 1 mln so‘m;
Toshkent-Qozon yo‘nalishi, har seshanba va juma kunlari, yo‘nalish narxi - 800 ming so‘m;
20 iyuldan boshlab Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishi haftaning chorshanba va shanba kunlarida, chipta narxi - 1 mln 250 ming so‘m.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34