10:26 / 30.07.2022
24369

Qoraqalpog‘istonga yangi ichki ishlar vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ichki ishlar vaziri tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar berdi.

Baxtiyar Torebekov / Foto: IIV

Qayd etilishicha, Baxtiyar Torebekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

Torebekov 2019 yil aprelidan buyon Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

26 iyul kuni polkovnik Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgandi.

U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bundan avvalroq Qoraqalpog‘iston prokurori Farhod Allambergenov ishdan olinib, uning o‘rniga Erkaboy Tojiyev tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Top