Toşkent yöllari nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay emasligi, şaharda tösiqsiz muhit yaratilmaganiga hamma ham e’tibor beravermaydi. Çunki aksar salomat odamlar barçamiz kabi teng huquqlarga ega nogironlar haqida yilda bir-ikki marta, nogironlarni körgandagina öylaşi mumkin. Köçalarda esa nogironlarni deyarli uçratmaysiz. Yöq, nogironlar kamligi uçun emas, ularga köçalarda harakatlaniş uçun şaroit yöqligi sabab.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonda amaldorlar yöl quruvçilari bilan birga nogironlar aravaçasiga ötirib, köçalar nogironlar uçun qançalik qulayligini közdan keçirişi tasvirlangan video odamlar orasida keng muhokama qilindi.
Biz ham mana şu videodan ilhomlanib, mansabdor şaxslar bilan bölmasa-da, bir neça yillardan beri aravaçada harakatlanuvçi qahramonimiz Farrux Abdurahmonov bilan poytaxt köçalarida böldik.
15 yildan buyon aravaçada harakatlanayotgan suhbatdoşimizning aytişiça, şu vaqtgaça Toşkent köçalari nogironligi bölgan şaxslarga moslaştirilmagan: «Men yordamçimsiz köçaga çiqa olmasdim. Ayolim ham deyarli taşqariga çiqmaydi, çunki u ham aravaçada yuradi va köçaga çiqişi uçun 3-4 kişi yordam berişi kerak», deydi qahramonimiz.
Farrux Abdurahmonov bilan turli manzillarda böldik. Ilk tajriba Yaşnobod tumani Farğona yöli köçasida Islom ota masjidiga yetmay joylaşgan yerusti ötiş yölida böldi.

Mazkur yöl ötkazgiçi deyarli standartlarga mos ravişda qurilgan, unga zinalar va panduslar örnatilgan. Ammo afsuski, aravaçada harakatlanadigan insonning çiqişi uçun qulay emas. Nogiron inson birovning yordamisiz yölning narigi tarafiga öta olmaydi. Farrux Abdurahmonov bu pandusga 3 daqiqa 47 soniya deganda çiqa oldi. Şunda ham yolğiz özi emas, boşqa insonning kömagi bilan.

«Bu pandusning usti yopilmagan, nogironlar qor yoki yomğirda undan çiqolmaydi, sirpançiq bölib qoladi. Şunça pul sarflagandan köra, muammoni bitta lift bilan hal qilsa bölardi. Nogiron inson bu pandusga çiqqandan köra, yölni kesib ötişni ma’qul köradi», deydi suhbatdoş.
Keyingi manzil xalq tilida «Ganga» deb ataladigan Sebzor va Abdulla Qodiriy köçalari kesişmasidagi yerusti ötiş yöli böldi. Avvaliga liftda kötarilmoqçi böldik, ammo eşik qulflangandi. Keyin suriştirsak, ança oldin liftlar bu ötkazgiçning ikki tomonidan ham olib taşlangan, sabablari esa noma’lum. Ayni vaqt lift uçun ajratilgan joy kiçik tadbirkorlik sub’yektiga aylantirilgan.

















