3,5 milliondan ortiq fuqaro yer egasiga aylandi: Yer islohoti böyiça Ozarboyjon tajribasi
|23:42 / 09.08.202256 48321 min
Tadqiqotçi Zulfiya Kostyuçenko Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida Ozarboyjondagi yerni xususiylaştiriş islohoti 1996 yildanoq boşlanib, qanday amalga oşirilgani hamda bu jarayondagi yutuq va xatolarni tahlil qiladi.
Ozarboyjon mustaqil bölgandan keyin yer munosabatlarini isloh qilişga kirişdi. Dastlabki – asosiy bosqiç davomida (1996-2003 yillar) yerlarni xususiylaştiriş böyiça keng kölamli dastur amalga oşirildi, 50 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, yerni olib qöyiş sanoqli holatdagina mumkin böldi.
Islohotni amalga oşiriş davrida muayyan ijobiy natijalarga erişildi, şu bilan birga, turli muammo va kamçiliklar islohotning har bir bosqiçiga xos böldi.
Ozarboyjon tajribasi Özbekistonnikiga öxşaş şaroitlar, iqtisodiy va institutsional xarakterdagi öxşaş muammolar mavjudligi bilan qiziq. Ozarboyjonda ötkazilgan yer islohoti Özbekistondagidan ança oldin boşlangani bois, uşbu tajribadan ma’lum saboqlarni oliş imkoni bor.
Yer islohotlari uçun şart-şaroitlar
1995 yilda – yer munosabatlarida tub özgarişlar boşlangan paytda Ozarboyjon yalpi içki mahsuloti 1990 yildagiga nisbatan 36 foizgaça pasaydi, inflatsiya darajasi yiliga 400 foizdan oşdi, qişloq xöjaligi yalpi mahsuloti 1991 yildagiga nisbatan ikki baravar qisqardi1.
Islohotlar amalga oşirilgunga qadar, barça sobiq ittifoq respublikalarida bölgani kabi, barça yerlar davlat tasarrufida edi. Işlab çiqariş vositalari, şu jumladan, qişloq xöjaligi tarmoqlari ham davlatga tegişli bölib, markazlaşgan ma’muriy-rejalaştiriş tizimi doirasida boşqarilardi. Uşbu umumiy tizim doirasida unumdor yerlar uç turga bölingan.
davlat xöjaliklari;
jamoa xöjaliklari;
yordamçi yakka tartibdagi xöjaliklar.
Uylar va binolar ular joylaşgan yer bilan birga davlat mulki edi. Ulardan foydalanuvçilar doimiy foydalaniş huquqiga ega bölgan holda yaşagan1.
Bundan taşqari, iqtisodiyotning barça tarmoqlari, şu jumladan qişloq xöjaligining faoliyati noqulay işbilarmonlik muhiti bilan çeklangan edi. Ozarboyjonda biznes törtta asosiy muammoga duç keldi:
huquqiy va tartibga soliş tizimining zaifligi;
investitsiyalar uçun ma’muriy tösiqlar;
Mavzuga oid
infratuzilmalar bilan ta’minlaşdagi kamçiliklar;
korrupsiya.
Qişloq xöjaligiga xos bölgan yana bir muammo – qişloq xöjaligi siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş bilan şuğullanişi kerak bölgan Qişloq xöjaligi vazirligining öta zaifligi edi1.
BIRINÇI BOSQIÇ (1995-2003): Yerlarni keng miqyosda xususiylaştiriş
Yer islohotlarining maqsadlari va huquqiy asoslari
Bu davrdagi yer islohotlarining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
yerga egalik şakllarining özgarişi;
agrar sohada yer munosabatlarini isloh qiliş orqali mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş;
aholi turmuş darajasini oşiriş.
1992 yildan boşlab yirik jamoa xöjaliklari va davlat xöjaliklari tugatilib, butun qişloq xöjaligi yakka tartibdagi işlab çiqarişga ötdi. Yerga xususiy mulk huquqi Ozarboyjon Respublikasining yangi Konstitutsiyasida mustahkamlandi.
Qöşimça
Özbekistonda yerga xususiy mulkçilikni joriy etiş va yerlarni xususiylaştiriş 2022 yilga kelib boşlandi. Şu yildan boşlab jismoniy va yuridik şaxslarga yer uçastkalarini xususiylaştiriş imkoniyatini beriş tartibi belgilandi. Biroq Özbekistonda, Ozarboyjondan farqli ölaroq, xususiy mulk huquqi faqat qişloq xöjaligi uçun möljallanmagan yerlar uçun belgilandi.
Bu davrda yer munosabatlarini tartibga solişga qaratilgan 50 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarning bosma naşr körinişida islohotlarning qonunçilik asoslari yaratildi. Ularning orasida asosiylari quyidagilar:
1995 yil 2 mart: “Agrar islohotlar böyiça Davlat komissiyasini taşkil etiş töğrisida”gi prezident farmoni;
1996 yil 16 iyul: “Yer islohoti töğrisida”gi qonun;
1996 yil 24 dekabr: “Yer soliği töğrisida”gi qonun;
1997 yil 10 yanvar: “Ozarboyjon Respublikasining “Yer islohoti töğrisida”gi Qonunini qöllaş töğrisida”gi prezident farmoni;
1998 yil 22 dekabr: “Davlat yer kadastri, yerlarning monitoringi va tartibga soliş töğrisida”gi qonun;
1999 yil 12 mart: “Yer ijarasi töğrisida”gi qonun;
1999 yil 7 may: “Yer bozori töğrisida”gi qonun;
1999 yil 25 iyun: Yer kodeksi;
1999 yil 7 dekabr: “Munitsipal hududlar va yerlar töğrisida”gi qonun;
1999 yil 28 dekabr: Fuqarolik kodeksi;
1999 yil 30 dekabr: “Yerlarning unumdorligi töğrisida”gi qonun.
“Yer islohoti töğrisida”gi qonun öşa davrdagi yer munosabatlarini isloh qiliş uçun asos bölgan asosiy qonun hisoblanib, yer islohotlarini amalga oşiriş tartibi, mas’ul organlarning vazifalari, şuningdek, yerga egalik qiliş şakllarini özida aks ettirgan.
Qöşimça
Agar Ozarboyjonda tub yer islohotlari mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oşirila boşlangan bölsa, Özbekistonda 2017 yildan keyingina yer munosabatlarini isloh qilişga katta e’tibor berila boşlandi. Bu davrda sohaga oid köplab me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham qabul qilindi.
Islohotlarni amalga oşirişga mas’ul organlar
Qonunga köra, Agrar islohotlar böyiça davlat komissiyasi (AIDK) islohotni amalga oşiriş böyiça mas’ul organ etib tayinlandi. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat edi:
agrar va yer islohoti dasturini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
yer islohoti dasturlari bajarilişini monitoring va nazorat qiliş;
uşbu islohotlarni amalga oşiriş böyiça körsatmalar beriş;
yer islohotining borişi haqida aholini xabardor qiliş.
Mamlakatning har bir tumanida Davlat komissiyasining mas’ul vakillik organi – Agrar islohotlar böyiça tuman komissiyasi (AITK) mavjud bölgan. Tuman komissiyasiga tegişli okrug ijroiya qömitasi rahbarlik qilgan. Tuman komissiyasi tuman ijroiya hokimiyati va Davlat yer qömitasi mansabdor şaxslardan iborat bölgan. Bundan taşqari, unga mustaqil mutaxassislar kirgan.
Tuman komissiyalari tomonidan yerga egalik qiliş huquqiga ega bölgan şaxslarning, şuningdek, xususiylaştiriladigan yer uçastkalari röyxati şakllantirilgan. Yerlarni ajratiş tuman komissiyalari tomonidan belgilangan, lekin yerlarni xususiylaştiriş böyiça yakuniy qarorlar markazlaşgan holda Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilindi3.
Biroq xususiylaştiriş jarayoni juda sekin keçdi. Oilaviy dehqon xöjaliklariga yer huquqini beriş sust keçdi. Davlat aktivlarini topşiriş köp hollarda keçiktirildi, ayrim hollarda ötkazilgan aktivlar aslida foydasiz bölib çiqdi. Bunga asosan hududiy hokimliklarning öz kuçini yöqotişdan qörqib, sun’iy tösiqlar yaratib, islohotlar jarayoniga tösqinlik qilgani sabab böldi. Munitsipalitetlarning (bizdagi mahalla – tahr.) roli zaif edi. Birinçi saylangan munitsipalitetlar faqat 2000 yil yanvar oyida işlay boşladi.
Qolaversa, öşa davrda barça sobiq ittifoq mamlakatlarida, jumladan, Ozarboyjonda ham markazlaşgan rejim saqlanib, fuqarolik jamiyati rivojlanmaganligini inobatga olsak, okrug komissiyalari tarkibiga kiritilgan mustaqil ekspertlarning fikri inobatga köp olinmagan, deb taxmin qiliş mumkin va ularning roli esa rasmiy bölgan.
Qöşimça
Bunday muammolar iqtisodiyoti ötiş davridagi mamlakatlarga xos. Yerlarni taqsimlaşda mahalliy amaldorlarning ta’siri sezilarli darajada saqlanib qolmoqda. Şu bilan birga, ular özgarişlarga qarşilik körsatib, bu sohada nazoratni öz qöllarida saqlaşga intiladi.
Boşqa tomondan, yer taqsimlaşda aholi manfaatlari va dolzarb muammolari yetarliça hisobga olinmaydi.
Islohotlarni amalga oşiriş jarayoniga mustaqil ekspertlarning jalb etilişi öz-özidan islohotlarning şaffofligini, joriy etilayotgan özgarişlarning samaradorligi va adolatliligini ta’minlaşga xizmat qiluvçi öta samarali mexanizmdir. Biroq bunday mutaxassislarning roli rasmiy emas, balki salmoqli bölişi uçun köp işlarni amalga oşiriş kerak: fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, aholining yer munosabatlari sohasidagi savodxonligini oşiriş va hokazo.
Yerni xususiylaştiriş va uni taqsimlaş qanday amalga oşirildi?
🗸 Qur’a taşlaş usuli. Yerlarni taqsimlaş qur’a taşlaş yöli bilan amalga oşirilgan. Lotereya öyinida hududda doimiy yaşovçi, 1996 yil 2 avgustgaça tuğilgan barça fuqarolar iştirok etişlari mumkin edi. Ba’zi tadqiqotlar va baholaşlar (masalan, Jahon bankining 1998 yildagi tadqiqoti4) bu taqsimot köpçilik hududlarda adolatli ötganligini tasdiqladi.
Xususiylaştirilgan uçastkalarning maydoni qişloqning yer resurslariga boğliq bölib, yeri kam hududlarda 0,1–0,5 gektardan bir neça gektargaça, masalan, Kura-Araks daryosi böyida yoki yetarli maydonga ega bölgan boşqa joylarda unumdor yer özgarişi mumkin edi. OTB tadqiqotlari2 şuni körsatdiki, fermer xöjaliklari yerining örtaça maydoni taxminan 2 gektarni, 58 foiz fermer xöjaliklarining yeri 0,5 dan 2,5 gektargaça maydonni taşkil etdi.
🗸 Yer uçastkalarini beğaraz ötkaziş. Islohotlarning muhim xususiyatlaridan biri şundaki, yer xususiy qöllarga bepul ötkazildi.
🗸 Hosildor yerlar afzalligi. Ekin ekiş uçun eng mos bölgan yerlar xususiylaştirildi. Boşqaça qilib aytganda, qonun hujjatlariga muvofiq yaroqsiz yoki samarasiz uçastkalar fuqarolarga topşirilmasligi kerak edi.
🗸 Yer bozorining şakllanişi. Qonunçilik islohotlari davomida yer munosabatlarining bozor tamoyillari örnatildi. Ularga köra, yuridik şaxslar va Ozarboyjon fuqarolari yer bozorida mulkdorlar, foydalanuvçilar, ipoteka kreditorlari, ijaraçilar va qarz oluvçilar sifatida iştirok etişlari mumkin. Qonunda, şuningdek, yerni sotiş qat’iy emas, balki bozor narxlariga asoslangan bölişi kerakligi belgilandi.
🗸 Teng huquqlilikni ta’minlaş. Yaşaş joyidan qat’i nazar barça fuqarolarga yerdan foydalaniş, ijaraga beriş, sotib oliş yoki sotiş huquqi berildi.
🗸 Islohotlarni amalga oşirişning tajriba usuli. Davlat va okrug komissiyalari tomonidan dasturlar ijrosi mamlakatning turli hududlarida tajribaasosida amalga oşirildi. Masalan, sinovloyihalari dastlab mamlakatning ikki tumanida (Zagatala va Xizi) amalga oşirildi. Keyin tajriba boşqa barça tumanlarga ötkazildi.
Qöşimça yordam çoralari
Ozarboyjonda yer islohotlarining amalga oşirilişi tahlili, boşqa tadqiqotlar qatorida5, qişloq xöjaligining samarali faoliyatini ta’minlaş uçun faqatyerlarniqayta taqsimlaş yetarli emas, degan xulosaga olib keldi. Xöjaliklapga quyidagi moliyaviy va institutsional yordam körsatildi:
🗸 Qişloq xöjaligida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilariga zarur moddiy-texnika vositalari va texnika sotib oliş uçun davlat tomonidan kreditlar ajratila boşlandi.
🗸 Prezidentning 1999 yil 22 martdagi farmoni bilan qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari beş yil muddatga yersoliğidan ozod etildi.
🗸 2001 yilda qabul qilingan “Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga muddatli soliq imtiyozlari töğrisida”gi maxsus qonun bilan işlab çiqariş jarayonida foydalaniladigan mol-mulk va tovar-moddiy boyliklarga nisbatan daromad soliği, qöşilgan qiymat soliği, mol-mulk soliği tölaşdan 3 yil muddatga ozod etildi. Şu qonun bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar qöşilgan qiymat soliği va mol-mulk soliğidan ozod qilingan. Keyinçalik qonunning amal qiliş muddati 2014 yil 1 yanvargaça uzaytirildi2.
Islohotlarning birinçi bosqiçi natijalari
Eski boşqaruv şakllarining tugatilişi natijasida yerga egalik qilişning uçta şakli yaratildi:
Davlat yerlari: davlat va davlat korxonalari binolari joylaşgan yerlar; toğ-kon sanoatining davlat obektlari, tasdiqlangan foydali qazilma konlari, yagona energetika tizimi, magistral quvurlar, transport, aloqa, mudofaa, davlat çegarasi çiziqlari, muhim melioratsiya va suv xöjaligi xizmatlari obektlari; örmon va suv fondi yerlari; boşqalar;
Munitsipal yerlar: qişloq xöjaligi faoliyati uçun yaroqsiz yerlar va yaylovlar;
Xususiy yerlar: sobiq davlat xöjaligi va jamoa xöjaliklarining xususiylaştirilgan yerlari; uy-joylar, tomorqa uçastkalari, boğlar, dalahovlilar joylaşgan yerlar.
Yerlarning katta qismi, jumladan, ekin maydonlari xususiylaştirildi. Islohotning birinçi bosqiçida 2032 dan ortiq davlat va jamoa xöjaliklari tugatilib, ularning unumdor yerlari rasman fuqarolarning xususiy mulkiga ötkazildi. Yordamçi yakka tartibdagi fermer xöjaliklarining yerlari ham xususiylaştirildi1.
Natijada 3,5 milliondan ortiq fuqaro yer egasiga aylandi. 2004 yilda yer oliş huquqiga ega oilalarning 98,1 foizi öz yeriga ega böldi.
Qişloq xöjaligi işlab çiqarişida ösiş kuzatildi. Uşbu davrda yer islohoti yerni mulkdorning özi boşqaradigan xususiy fermer xöjaliklarini yaratişga qaratilgandi. Natijada 2002 yilga kelib yakka tartibdagi xöjaliklar ekin maydonlarining 96 foizida faoliyat körsata boşladi.
Qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş 1996 yildan boşlab barqaror ösa boşladi. Ösiş yiliga örtaça 8,4 foizni taşkil etdi va davr oxiriga kelib, 1991 yil darajasining 75 foizigaça tiklandi.
1998 yildan söng qarzdorlikdan xalos böliş, tarkibiy özgartirişlar, işlab çiqarişni tiklaş va ekinlar hosildorligini oşiriş tufayli qişloq xöjaligi korxonalarining daromadi barqaror ösa boşladi.
Islohotlarning kamçiliklari
Şu bilan birga, islohotlarning uşbu davridagi bir qator kamçilik va qöldan boy berilgan imkoniyatlarni ham qayd etiş lozim9:
• Qişloq xöjaligi bilan boğliq tarmoqlarning sust rivojlanişi. Qişloq xöjaligining yetarliça yaxşi ösişiga qaramay, oziq-ovqat sanoatining rivojlanişiga olib keladigan qayta işlaşda yaxşilanişlar köp kuzatilmadi. Asosiy çeklovçi omil noqulay biznes muhitining davom etişi edi. Şartnomalarni tartibga soliş siyosati va ularning sust bajarilişi sohaga investitsiyalar oqimini çekladi.
• Qişloq xöjaligi faoliyati bilan şuğullanuvçi uy xöjaliklarining çeklangan daromad manbalari. Noqulay işbilarmonlik muhiti va fermerlikdan taşqari boşqa faoliyatni kengaytiriş uçun çeklangan şaroitlar mamlakatda daromadlarning diversifikatsiyasi zaiflaşişiga olib keldi. Bularning barçasi birgalikda iste’mol va boşqa sanoat tovarlariga talabning ösişini sekinlaştirdi.
IKKINÇI BOSQIÇ (2004 yildan): Qonunçilikni isloh qiliş va takomillaştiriş imkoniyatini oşiriş
Boşqaruv tizimini isloh qiliş
Agar birinçi bosqiçda yer islohotlarining asosiy maqsadi yerga egalik şakllarini özgartiriş va yerni adolatli qayta taqsimlaş bölsa, keyingi bosqiçda – 2004 yildan keyingi davrda islohotlar yer resurslarini boşqariş tizimini takomillaştirişga qaratilgan edi.
Bu ustuvor jihat ötgan davrda qabul qilingan köplab qonunlar va me’yoriy hujjatlarga qaramay, islohotlarni institutsional qöllab-quvvatlaşning sustligi bilan boğliq edi. Jumladan2:
aktivlarni boşqarişning samarali usuli işlab çiqilmagan;
boşqaruv organlari örtasida vakolatlarni töğri belgilaş muammosi mavjud edi;
munitsipalitetlarda samarali qarorlar qabul qiliş uçun yetarli imkoniyatlar yöq edi. Yer majmui (rayonlaştiriş, böliniş, muzokaralar va soliqqa tortiş) böyiça bilim va tajriba juda çeklangan edi. Şuningdek, yer resurslarini strategik taşkil etiş va tizimli nazorat qiliş uçun moliyaviy resurslarni safarbar etiş könikmalariga ega emas edi.
Yer sohasida boşqaruv tizimini isloh qiliş yangi, yanada funksional institutlarni taşkil etiş orqali amalga oşirildi.
Prezidentning 2005 yil 16 sentabrdagi farmoni bilan Davlat mulkini boşqariş davlat qömitasi taşkil etildi. Uning asosiy vazifalari qatoriga mulk siyosatini şakllantirişda iştirok etiş kirdi.
2001 yilda Davlat yer qömitasi Davlat geodeziya va kartografiya qömitasi bilan birlaştirilib, Davlat yer va kartografiya qömitasi taşkil etildi. Qömita mamlakatdagi barça yer tuziş masalalari uçun mas’ul bölgan markaziy ijro etuvçi organ edi. Qömita tarkibiga bir qança böysunuvçi muassasalar: Davlat yer tuziş loyiha instituti, Davlat yer kadastri, monitoring ilmiy-işlab çiqariş markazi, Davlat aerogeodeziya instituti, Boku kartografiya fabrikasi, şuningdek, hududiy yer boşqarmalari kirdi.
Prezidentning 2011 yil 15 fevraldagi qarori bilan Yer inspeksiyasi taşkil etildi. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
yer oliş tartibini nazorat qiliş;
yer uçastkalarining narxi va sifati nisbatini ta’minlaş ustidan nazoratni amalga oşiriş;
yerlarni xususiylaştiriş jarayonlari böyiça jamoatçilik takliflarini töplaş va e’tiroz va arizalar böyiça hisobotlar tayyorlaş;
hudud komissiyalari tomonidan berilgan baholarni körib çiqiş;
kompensatsiya tölanişini ta’minlaş;
yer uçastkalarini taqsimlaş va xususiylaştiriş jarayonida iştirok etayotgan har qanday şaxsning murojaatini körib çiqiş va örganiş.
Yer islohoti jarayonida iştirok etayotgan muassasalar imkoniyatini yaxşilaş maqsadida bir qança davlat dasturlari amalga oşirildi. Ularni amalga oşiriş uçun hukumat xalqaro donorlarni keng jalb qildi.
Qonunçilikni takomillaştiriş va oşkoralikni ta’minlaş
Bu davrda yer uçastkalarini davlat ehtiyojlari uçun olib qöyişning aniq asoslari va mezonlari belgilandi. Şunday qilib, qonun hujjatlariga muvofiq yerlar quyidagi maqsadlarda davlat tomonidan olib qöyilişi mumkin:
davlat ahamiyatiga molik yöllar va boşqa kommunikatsiyalar (magistral neft va gaz quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari, yuqori voltli elektr uzatiş liniyalari va gidrotexnika inşootlari) qurilişi;
çegara zonasida davlat çegarasini qöriqlaşni ta’minlaş;
mudofaa va xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhim obektlarni quriş;
respublika ahamiyatiga ega toğ-kon inşootlarini quriş.
Qöşimça
2022 yil iyun oyida alohida qonun bilan Özbekistonda yerni olib qöyişda davlat ehtiyojlarining aniq röyxati belgilandi. Bundan taşqari, qonunda yer uçastkalarini olib qöyiş va zararning örnini tölaş tartibi belgilandi. Şu bilan birga, belgilangan tartib mulk huquqida bölgan yer uçastkalariga nisbatan qöllanilmaydi.
2009 yilda Ozarboyjonda yerlarni xususiylaştiriş jarayonining şaffofligini ta’minlaş böyiça yangi nizom joriy etildi. Unda davlat va munitsipal yerlar faqat oçiq kimoşdi savdosida xususiylaştirilişi mumkinligi nazarda tutilgan.
Qöşimça
2022 yilda Özbekistonda yakka tartibdagi uy-joy quriş va turar joy binosiga texnik xizmat körsatiş, tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun qişloq xöjaligiga tegişli bölmagan yer uçastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotiş tartibi ham joriy etildi.
Islohotlarning ikkinçi bosqiçi natijalari
Davlat yer va kartografiya qömitasi raisi Ğarib Mammadovning rasmiy bayonotiga köra: “2011 yil 31 dekabr holatiga köra, Ozarboyjonning 8,6 million gektar yer fondidan 56,9 foizi davlat mulkida qolgan, 23,5 foizi munitsipal mulkka ötkazilgan va 19,6 foizi xususiylaştirilgan”. (Bu yerda gap mamlakatning umumiy yer fondi haqida ketyapti, xossatan q/x yerlari haqida emas – tahr.)
Yuqoridagi taşabbuslar mamlakatda yer bozorining notekis bölsa-da, intensivrivojlanişini rağbatlantirdi. Bu davrda şahar va qişloqlarda yer bilan boğliq bitimlar köpaydi. Biroq, çekkahududlarda yer bozorining rivojlanişi sekinroq keçdi. Uşbu notekis jarayon ta’sirida butun mamlakat böylab yer narxlari turli yöllar bilan kötarilib, yirik şaharlarda juda yuqori darajaga yetdi va qişloq joylarda ança past bölib qoldi.
ISLOHOTLARNING HOZIRGI BOSQIÇI: Oldingi böşliqlarni töldiriş
Hozirgi vaqtda Ozarboyjon Respublikasining Yer kodeksiga asosan, mamlakatda yerga egalik qilişning uç turi mavjud: davlat, munitsipal, xususiy.
Hozirgi bosqiçda davlat yer uçastkalarini xususiylaştiriş jarayoni davom etmoqda. Şunday qilib, Ozarboyjon Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovning sözlariga köra, joriy yilning birinçi olti oyida respublika böyiça 150 ga yaqin davlat tasarrufidagi yer uçastkalari xususiylaştirildi.
Bundan taşqari, yer islohotining oldingi bosqiçlaridagi katta böşliq – aholining salmoqli qismi hujjatlaştirilgan mulk huquqiga ega emasligi, amalda yer uçastkalariga egaligi edi.
Şu munosabat bilan 2021 yilda davlat va jamoa xöjaliklarini xususiylaştiriş natijasida jismoniy şaxslar tomonidan olingan (lekin qonuniy röyxatdan ötmagan) uluş yerlariga bölgan mulk huquqini davlat röyxatidan ötkazişni nazarda tutuvçi prezident qarori imzolandi.
Uşbu çora-tadbirlar mulkka bölgan huquqlarni röyxatga olişni yakunlaş, şuningdek, sanoat yerlari egalarining muntazam subsidiyalar oliş imkoniyatini ta’minlaşga qaratilgan.
Şuningdek, mazkur farmonga asosan köçmas mulkni davlat reyestriga röyxatdan ötkaziş davlat budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Hozirda davlat, munitsipal va xususiy yerlarning nisbati haqida rasmiy ma’lumotlar yöq. Yuqorida ta’kidlanganidek, 2011 yilda xususiy yerlarning uluşi qariyb 20 foizni taşkil etgan.
Biroq, yerlarni xususiylaştiriş jarayoni davom etayotgani, şuningdek, yerga haqiqatda egalik qiliş huquqiga ega bölgan, lekin mulk huquqini tasdiqlovçi tegişli rasmiy hujjatlarga ega bölmagan (boşqaça aytganda, ularning yerlari davlat reyestrida röyxatga olinmagan va xususiy hisoblanmaydi), xususiy yerlarning haqiqiy uluşi 20 foizdan ança yuqori.
Zulfiya Kostyuçenko,
Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari
Manbalar:
1. Agrarnaya reforma v possotsialistiçeskom prostranstve. Opyt Bolgarii, Moldovy, Azerbaydjana i Kazaxstana, Nora Dadvik i drugiye / Raboçiy doklad Vsemirnogo banka № 94, 2007.
2. REG: Mainstreaming Land Acquisition and Resettlement Safeguards in the Central and West Asia Region / Technical Assistance Consultant’s Report, Asian Development Bank, 2014.
3. Country Profiles on the Housing Sector: Azerbaijan / United Nations Economic Commission for Europe, 2010.
4. The Social Assessment Process in Post-Conflict Reconstruction in Azerbaijan: A User's Perspective, Jonathan C. Brown / Working Paper, the World Bank, 1998.
5. Zemelnyye reformy: opyt stran mira i Uzbekistana / Analitiçeskiy doklad, Institut prognozirovaniya i makroekonomiçeskix issledovaniy, 2022 g.