Bokudagi harbiy sud prokurori Toğli Qoraboğning sobiq “hukumat rahbari” Ruben Vardanyanni umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm etişni talab qildi. Bu haqda Ozarboyjonning Report naşri 18 dekabr, payşanba kuni xabar berdi.
Vardanyanga Ozarboyjon Jinoyat kodeksining qator moddalari böyiça ayblovlar qöyilgan. Ular qatoriga terrorizmni moliyalaştiriş, noqonuniy qurolli tuzilmalar taşkil etiş, davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş, qasddan odam öldiriş, hokimiyatni zöravonlik bilan egallaş, şuningdek qonunçilikda nazarda tutilmagan qurolli guruhlarni taşkil qiliş kabi ayblovlar kiradi.
Vardanyanning oilasi 18 dekabr kuni uning bayonotini e’lon qildi. Unda Vardanyan Bokuda bölayotgan jarayonni tölaqonli sud muhokamasi deb hisoblamasligi va uning ta’biri bilan aytganda, “adolatni taqlid qiliş”da qatnaşmoqçi emasligini bildirgan.
“Bokuda bölayotgan muhokama adolatli sudning eng asosiy standartlariga javob bermaydi, şuning uçun uni haqiqiy ma’nodagi sud deb hisoblab bölmaydi. Men heç narsadan afsuslanmayman. Har bir işimni ongli ravişda va öz ixtiyorim bilan qilganman, ehtimoliy oqibatlarni töliq tuşungan holda. Men qilgan işlarim uçun javob berişga tayyorman. Men afsuslanadigan yagona narsa — köproq iş qila olmaganim. Yana bir bor aytaman: Arsax bor edi, bor va böladi — tarixni qayta yoziş yoki voqealarga boşqaça talqinni tiqiştirişga urinişlardan qat’i nazar”, — deyiladi Vardanyan bayonotida.
Ruben Vardanyan ilgari “Troyka Dialog” investitsiya kompaniyasi egasi bölgan, u “Skolkovo” biznes-maktabining hammuassislaridan biri hisoblanadi. Forbes jurnali versiyasiga köra, Vardanyan Rossiyaning eng boy odamlari röyxatiga kirgan.
2022 yil sentabrida Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz keçgani va Toğli Qoraboğga köçib ötganini ma’lum qilgan. 2022 yil noyabridan 2023 yil fevralgaça u tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasining “hukumati”ni boşqargan.
2023 yil 27 sentabrda Ozarboyjon çegara xizmati Vardanyanni Toğli Qoraboğdan Armanistonga çiqib ketişga urinayotganda uşlagan. Şundan beri u Bokuda hibsda saqlanmoqda. U kamida ikki marta tergov hibsxonasida oçlik e’lon qilgan.
Ilgariroq Vardanyanni qöllab-quvvatlab Rossiyaning madaniyat, fan va ta’lim sohasidagi ayrim namoyandalari çiqiş qilgan. Murojaatga yozuvçilar Aleksandr Arxangelskiy, Yevgeniy Vodolazkin va Alla Gerber, Moskva davlat universiteti iqtisod fakulteti dekani Aleksandr Auzan, Moskva “Skolkovo” boşqaruv maktabi direktorlar kengaşi raisi Aleksandr Voloşin, kino tarixçisi Naum Kleyman, tadbirkor Mixail Kusniroviç, Puşkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyining sobiq direktori Marina Loşak, rejissyorlar Pavel Lungin va Aleksandr Sokurov hamda madaniy va akademik jamoaning boşqa vakillari imzo qöygan.













