11:04 / 13.08.2022
36613

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochildi (foto+video)

Nur-Sulton shahrida qad rostlagan Qozog‘iston bosh masjidi 10 gektar maydonni egallaydi hamda bir vaqtning o‘zida 235 ming namozxonni sig‘dira oladi.

Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz

12 avgust kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochildi.

Ochilish marosimida mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston muftiysi qo‘shni davlatlar diniy ulamolari, shuningdek O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ham qatnashdi.

Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz

Masjid binosi joylashgan hudud 10 gektarni tashkil qiladi. Asosiy gumbazning balandligi 83,2 metr, diametri 62 metr. Masjid 4 ta minorasining har biri 130 metr uzunlikda.

Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz

Masjid ichiga to‘shalgan 15,5 ming kv/metrlik gilam dunyodagi eng katta qo‘l mehnati bilan tikilgan gilam hisoblanadi.

Foto: muftyat.kz

Masjidning ichki qismiga bir vaqtning o‘zida 35 ming namozxon sig‘adi. Shuningdek, masjidda o‘quv xonalari, konferensiyalar zali, Qur’on o‘qish xonasi, nikoh o‘qish uchun xona, telestudiya, muzey hamda administrativ xonalar mavjud.

 

Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz

Bundan tashqari, masjidning pastki qismida 440 kishiga mo‘ljallangan ziyofatlar uchun zal, 400 o‘rindan ortiq yopiq avtomobil qo‘yish joyi hamda qurbonlik qilish uchun xonalar mavjud.

 

Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz

Qozog‘iston musulmonlari idorasiga ko‘ra masjidning umumiy sig‘imi 235 ming kishilik. Undan 35 ming kishi masjidning ichida (5 ming nafar ayollar uchun alohida xona), 170 ming kishi esa bir vaqtning o‘zida masjid hovlisiga sig‘adi.

 

Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz
Foto: muftyat.kz

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonning bosh masjidi sig‘imi bo‘yicha dunyodagi eng katta masjidlari o‘nligiga kirgan.

Mavzuga oid
Top