Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida Britaniya qalbaki pasportini noqonuniy qo‘lga kiritgan yetti kishi ushlandi
Joriy yil 5 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar orasida pasport tekshiruvi o‘tkazilayotgan paytda, «Toshkent-London» yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi reysdan Buyuk Britaniya fuqarolari pasportini taqdim etgan yetti nafar yo‘lovchi olib chiqilgan.
IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabariga ko‘ra, tekshiruv chog‘ida parvozdan to‘xtatilgan yo‘lovchilar o‘zlarini Afg‘oniston fuqarolari deb tanishtirib, Tojikiston hududida bo‘lib, Buyuk Britaniya fuqarolari qalbaki milliy pasportini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritib, O‘zbekistonni tark etish niyatida bo‘lgan, biroq aeroport immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat bo‘yicha IIV TXTBB TB tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi 228-moddasi, 2-qismi, «b» bandi, 228-moddasi, 3-qismi, 25-223-moddasi, 2-qismi, «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
09:58 / 21.01.2026
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
09:31 / 08.01.2026