21:51 / 20.08.2022
6914
Elektr energiyasi narxi ko‘tarilishi sababli Londondagi tungi klublar yopilishi mumkin

May oyidan buyon tabiiy gaz narxi uch baravarga oshgan, elektr energiyasi narxi ko‘tarilishda davom etmoqda. 

Foto: AP

Londondagi tungi klublar koronavirus pandemiyasidan so‘ng yana inqirozga duch keldi, ular elektr energiyasi narxi ko‘tarilishi sababli yopilishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Ta’kidlanishicha, London tungi klublari «elektr energiyasi narxi muntazam o‘sib borishidan jabrlana boshladi», inflatsiya esa ko‘plab britaniyaliklarni ikkinchi darajali xarajatlarni qisqartirishga majbur qildi. 

Night Time Industries Association ma’lumotlariga ko‘ra, buning natijasida pandemiyaga qadar Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yiliga 46 mlrd funt sterling (55,4 mlrd dollar) keltirgan tungi muassasalar yopilishi mumkin.

Shu haftada Britaniya mehmonxona biznesiga aloqador besh tashkilot energiya narxlari borasida shoshilinch choralar ko‘rishi uchun hukumatga murojaat qilgan.

May oyidan buyon tabiiy gaz narxi uch baravarga oshgan, elektr energiyasi narxi ko‘tarilishda davom etmoqda. 

TIA (National Telecommunications and Information Administration) hisobotiga ko‘ra, tungi klublarning 54 foizi gaz va energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarini uzaytirmagan.

Cornwall Insight konsalting kompaniyasining bildirishicha, shartnomani uzaytirmagan kompaniyalar oktyabrda narxlarning besh baravarga o‘sishiga duch kelishi mumkin.

Mavzuga oid
Top