Qariyb 110 yil oldin Xiva xonligining boş vaziri Said Islomxöja öldirildi. Ammo davlatning eng nufuzli amaldoriga qarşi uyuştirilgan suiqasd tergovi juda sust olib borildi. Qotillar topilmadi va jinoyat rasman oçilmaganiça qolmoqda. Uşbu maqolada voqealar rivojini tiklaşga, Xiva saroyining yaşirin burçaklariga nazar solişga, qotillik taşkilotçilari, ijroçilari haqidagi ma’lumotlarni jamlaşga urinib köramiz.

Said Islomxöja (Xudoybergan Devonov fotosurati, 1910 yil)

Birinçi jahon uruşi arafasida Rossiya imperiyasi hukmronligi ostida bölgan Xiva xonligida siyosiy hayotni izdan çiqargan 2 ta favqulodda voqea yuz berdi.

Ulardan birinçisi (1911-1912) «devonbegilar» nomi bilan maşhur bölgan bir guruh nufuzli amaldorlarning hibsga olinişi va uzoq muddat davomida xonning ğazabi ostida yaşaşi bilan boğliq edi.

Ikkinçisi – 1913 yil avgust oyida boş vazir va xonlikning ma’muriy-moliyaviy tizimida rejalaştirilgan islohotlarning boş ijroçisi Said Islomxöjaning qonli öldirilişi böldi. Uşbu jinoyat rasman oçilmaganligiça qolmoqda.

Ikkala voqea ham köplab miş-mişlar, taxminlarga sabab bölgan va tarixçilar e’tiborini tortib kelgan. Uşbu maqolada turli manbalarga tayangan holda voqealar rivojini tiklaşga, Xiva saroyining yaşirin burçaklariga nazar solişga, boş qahramonlar va ularning harakatlari sabablarini aniqlaşga urinib köramiz.

«Rus askarlari Amudaryo qirğoqlarida» - Nikolay Karazin asari (runivers.ru)

Xiva ustidan Rossiya hukmronligining örnatilişi

1873 yil mart oyida Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligiga qarşi harbiy yuriş boşlandi. Bunga general fon Kaufmanning qömondonligi ostida 12300 askar jalb qilindi. Rus qöşinlari Xivaga tört tomondan — Toşkent, Kazalinsk, Orenburg va Kaspiy dengizining ikki portidan (Krasnovodsk va Manğişloq) yuriş qildilar. 1873 yil 29 may kuni ular xonlikning deyarli barça asosiy strategik nuqtalarini bosib olib, Xivaga kirib borişdi. Bir neça kun oldin Xivadan qoçgan xon Muhammad Rahim II saroyga qaytarildi va Rossiya hukumati tomonidan xonlikning oliy hukmdori sifatida tasdiqlandi. U özini «Butunrossiya imperatorining kamtarin xizmatkori» sifatida tan oldi.

Keyingi haftalarda rus hokimiyati bosib olingan hududlarda ma’muriy-boşqaruv tizimini taşkil etiş çoralarini kördi. Jumladan, 1873 yil 12 iyunda xon «Xiva xonligida quldorlikni tugatiş» töğrisidagi manifestni imzoladi. Şuningdek, saroyda Muhammad Murod (Matmurod) devonbegi rahbarligidagi nufuzli aksilrossiya guruhi yöq qilindi. U öz safdoşi Rahmatulla Yasovulboşi bilan birga oldin Kazalinskka, keyinçalik Kaluga viloyatiga surgun qilindi.