Xonning harbiy hiylasi yoxud rus otryadining Xiva ostonasidagi halokati
|17:37 / 24.06.202251 32010 min
1717 yilda rus podşohi Pyotr I Xiva xonligiga Bekoviç-Çerkasskiy boşçiligidagi ekspeditsiyani jönatadi. Unga Amudaryo özanini Kaspiy dengiziga burib yuboriş, Hindistonga savdo yöllarini oçiş va xonni rus davlatiga böysundiriş imkonini topiş vazifasi yuklatiladi. Biroq, Şerğozi xonning harbiy hiylasi hammasini barbod qiladi.
«Rus askarlari Amudaryo qirğoqlarida» - Nikolay Karazin asari (runivers.ru)«Rus askarlari Amudaryo qirğoqlarida» - Nikolay Karazin asari (runivers.ru)
Pyotr I orzusi
XVII asr oxiridan boşlab rus imperatori Pyotr I köplab oltin konlariga ega Oksus (Amudaryo) daryosi haqidagi miş-mişlarni eşita boşlaydi. Unga ba’zi rus sayohatçilarining hisobotlarida Markaziy Osiyo çöllarida oltin qumlar borligi, toğlari ortida esa misli körilmagan xazinalarga ega Hindiston davlati yastanib yotişi, uning boyliklari ğarbiy yevropaliklar tomonidan dengiz orqali olib çiqilayotgani haqidagi xabarlar yetkaziladi.
Pyotr I uşbu ma’lumotlarni tahlil qilib, Markaziy Osiyo oltinlari va heç bölmaganda Hindiston xazinalarining bir qismini qölga kiritişni közlaydi.
1713 yilda şoh rejasini tezlaştirgan voqealar yuz beradi. Badavlat turkman savdogarlaridan biri Sadir Xoji Nafas Astraxanda knyaz Samanov bilan uçraşib, unga rus davlati manfaatiga oid muhim ma’lumotlarni, jumladan, Buxoriya viloyatidagi daryo atrofida oltinga boy qumlar borligini, mahalliy xon buni yaşiriş uçun daryo özanini Kaspiy dengizidan Orol dengiziga burib yuborganini aytib beradi. Knyaz uşbu xabarni zudlik bilan Peterburgga yetkazadi.
Pyotr I töplangan ma’lumotlar asosida Amudaryo böyidagi Xiva xonligini egallaş va bu orqali Hindistonga savdo yölini oçiş katta manfaat keltirişini anglaydi. U daryo özanini yana Kaspiy dengiziga buriş va kemalar uçun Xiva xonligiga, u yoqdan esa Hindistonga yöl oçişni rejalaştiradi.
Şimoliy kavkazlik knyaz
1714 yilda Pyotr I «Knyaz Aleksandr Bekoviç-Çerkasskiy boşçiligidagi Preobrajyenskiy polkini Daryo irmoğini topiş uçun safarga jönatiş» haqidagi farmonni imzolaydi.
Knyaz Aleksandr Bekoviç-Çerkasskiy (Wikipedia)
Ma’lumot örnida, Aleksandr Bekoviç-Çerkasskiy Şimoliy Kavkazda, zodagon Bekmurza Jambulatov oilasida tuğilgan. Unga Davlat-Girey ismi qöyilgan. Keyinçalik nasroniylikni qabul qilib, ismi va familiyasini şunga mos ravişda özgartirgan. Dengiz flotida xizmat qilganida uzoq ölkalarga bir neça muvaffaqiyatli ekspeditsiya uyuştirgan va bu bilan Pyotr I nazariga tuşgan.
1716 yilda Pyotr I şaxsan Bekoviç-Çerkasskiy bilan uçraşib, unga quyidagi topşiriqlarni beradi:
Amudaryoning avvalgi özanini topiş va iloji bölsa uni tiklaş;
Xiva xonini Rossiya davlatiga böysunişga köndiriş;
Mavzuga oid
Xivaga boradigan yöllarda, ayniqsa, Amudaryo böylarida istehkom-qal’alar quriş;
Xivada mustahkam örnaşib oliş, Buxoro xoni bilan munosabatga kirişib, uni böysunişga moyil qiliş;
Savdogar niqobi ostida leytenant Kojinni Hindistonga, savdo yölini topiş uçun, boşqa bir ofitserni esa Yorkentga (hozirgi Şinjon-Uyğur viloyatidagi şahar) oltin konlarini qidiriş uçun yuboriş.
Bekoviç-Çerkasskiyga 4000 askar, 2000 kazak va 100 otliq askar beriladi. Bundan taşqari, ekspeditsiya tarkibiga bir neçta dengiz askarlari, 2 muhandis va 2 savdogar kiradi.
1716 yil sentabr oyida Bekoviç-Çerkasskiy Astraxan şahridan Kaspiy dengiziga yöl oladi va uning atroflarini örganadi, xaritasini çizadi, Amudaryoning avvalgi özanini izlaydi. Bu vaqt mobaynida Xivaga ikki elçi yuboradi, ammo ular qaytib kelmaydi. Şundan söng, Astraxanga qaytadi.
Oltin qumlarni izlab – birinçi Xiva ekspeditsiyasi
1717 yil bahorida Bekoviç artilleriyaga ega ikkita piyodalar rotasi, 500 otliq askar, 2000 kazak va 500 nöğay, 200 kişidan iborat savdo karvoni bilan Xiva safariga çiqadi. Ekspeditsiyaga turkman Xoji Nafas yölboşçilik qiladi.
Jazirama issiqda çöl va daştlar böylab yuriş otryad uçun oğir keçadi. Askarlar suvsizlikdan, otlar esa yem-xaşakning kamligidan aziyat çekişadi. Otryad asosan bötqa va qotgan non iste’mol qiladi. Ba’zan sayğoq ovi uyuştiriladi. Askarlar orasida turli kasalliklar tarqaladi. Bekoviç-Çerkasskiy ularning bir qismini yöldagi quduqlar yonida qoldirişga majbur böladi.
Nihoyat, 15 avgust kuni Bekoviç-Çerkasskiy otryadi Ustyurt toğlaridan oşib ötib, Amudaryo qirğoğiga yetib boradi. Xivadan 130 km uzoqlikdagi Qorağoç kanali yonida qönalğa taşkil etiladi.
Xivaning boş darvozasi (rus-turk.livejournal.com)
Bekoviç-Çerkasskiy Xiva xoniga elçilarni jönatişga çoğlanadi. Ammo xon rus otryadining Xiva safaridan allaqaçon xabardor edi. Yölda otryaddan qoçib ketgan qalmiqlar duşman haqidagi xabarni unga yetkazişgan edi.
Sohibqiron Şerğozi hiylasi
Xiva xoni Şerğozi zambaraklar va kamonlar bilan qurollangan 24 ming kişilik qöşin bilan ruslarga qarşi çiqadi.
Xivadagi Şerğozi xon madrasasi (khivamuseum.uz)
Ma’lumot örnida, Şerğozi xon – şayboniylar sulolasiga mansub Xiva xonlaridan biri. Buxoroda tuğilgan, madrasada ilm olgan, öz davrining ziyoli va diyonatli kişilaridan bölgan. Harbiy yurişlardagi qömondonlik mahorati bilan ajralib turgan. Maşhad va Marv şaharlarini istilo qilgan. Xuddi Amir Temur kabi sohibqiron degan nomni olgan.
Jang 3 kun davom etadi va harbiy texnikada ustun bölgan rus otryadining ğalabasi bilan tugaydi. Xivaliklar ortga çekinişga majbur bölişadi. Bekoviç-Çerkasskiy uçun Xiva qal’asiga yöl oçiladi.
Şunda Şerğozi sulh taklifi bilan şaxsan özi Bekoviç-Çerkasskiy huzuriga keladi. U rus ekspeditsiyasining tinç maqsadda kelganini bilmagani, agar bilganida hujum qilmagan bölişini aytib, uzr söraydi. Rus askarlariga ziyon yetkazmaslik, rus podşohiga böysuniş haqida a’yonlari bilan birga qasam içadi va Bekoviç-Çerkasskiyni Xivaga taklif qiladi. Rus qömondoni 700 jangçisi bilan Xiva tomon yöl oladi.
Keyingi voqealar rivoji asirlikdan qoçib Rossiyaga qaytgan turkman Xoji Nafas va bir neça jangçilar sözlaridan ma’lum.
Bekoviç-Çerkasskiy Xiva ostonasiga yaqinlaşganida Şerğozi uning askarlarini 5 qismga böliş va atrofdagi qişloqlarga joylaştiriş taklifini beradi. Xon buni oziq-ovqat bilan ta’minlaşda muammo bölişi bilan izohlagan.
Qömondon yordamçisi Frankenbek xonning taklifi tuzoq bölişi mumkinligidan ogohlantiradi. Bekoviç-Çerkasskiyni taklifga könmaslikka çaqiradi. Ammo qömondon xonning öz qasamini buzmasligiga işonadi va otryadini taqsimlaşga rozi böladi.
«Qöqqisdan hujum» - Vereşçagin asari (muzei-mira.com)
Otryadlar Xivadan uzoqlaşgaç, qişloqlarda qöyilgan pistirmaga duç kelişadi. Xivaliklar ularni kamon va zambaraklardan öqqa tutib, aksariyatini qirib taşlaşadi. Köplab jangçilar asirlikka olinadi. Ularning juda oz qismi qoçib ketişga muvaffaq böladi.
Bekoviç-Çerkasskiy ziyofat paytida qölga olinib, boşi tanasidan judo qilinadi. Uning terisi şilinib, Xivaning boş darvozasiga qöğirçoq tulum sifatida osib qöyiladi.
Keyingi voqealar
Şerğozi xonning ayyorona ğalabasi Xiva xonligi aholisi tomonidan kötarinki ruhda nişonlangan. Xon ğalabadan maqtaniş uçun Bekoviç-Çerkasskiy kallasini Buxoro amiriga sovğa sifatida yuborgan. Ammo amir Rossiya bilan siyosiy-harbiy mojaroga aralaşib qolişdan çöçib, sovğani orqaga qaytarib yuborgan.
Asirga olingan rus jangçilari Xiva bozorlarida qul qilib sotilgan. Ulardan ba’zilari qoçişga muvaffaq bölgan, ba’zilarini köp yillardan söng qarindoşlari sotib olib, qutqargan, ba’zilari umrbod qullikda qolgan.
Bekoviç-Çerkasskiy otryadining halokati haqidagi xabarlar asirlikdan qoçgan Xoji Nafas va bir neça jangçilar tomonidan Rossiyaga yetkazilgan. Şundan söng, uning Kaspiy dengizi böyida va yölda qoldirgan jangçilari Astraxanga qaytarilgan.
Şerğozi xon rus askarlarining halokati podşohni darğazab qilişini, mağlubiyat javobsiz qoldirilmasligini juda yaxşi tuşungan. U diplomatiya yöli bilan vaziyatni yumşatişga uringan.
1720 yilda xon Uvays Muhammad boşçiligidagi elçilarni Pyotr I oldiga sovğa-salomlar bilan jönatgan. U podşoh bilan döstona munosabatlarni örnatiş, savdo-sotiqni rivojlantiriş niyati borligini, Bekoviç-Çerkasskiy birinçi bölib hujum uyuştirganini, özini haqorat qilganini, şundan söng unga qarşi kuraşga majbur bölganini bildirgan.
Xon tutqunlikda 2 ming rus askari tirik ekanini yozgan. Bu bilan ularning hayoti evaziga ba’zi imtiyozlarni qölga kiritişdan, jumladan, uzrini qabul qilişlaridan umidvor bölgan.
«Xiva yurişi» - Nikolay Karazin asari (runivers.ru)
Ammo 1721 yilda Peterburgga yetib kelgan elçilar zudlik bilan hibsga olinadi. Uvays Muhammad Petropavlovsk qal’asiga badarğa qilinadi va bir neça kundan keyin vafot etadi. Elçilarning qolgan qismi Rogervik şahriga surgun qilinadi. Faqat bir elçi kansler Golovkin nomidan yozilgan xat bilan Xivaga qaytarib yuboriladi. Unda tutqunlikdagi rus asirlarini zudlik bilan ozod qiliş talabi bölgan.
Xat tahdid ruhida yozilgani sababli Şerğozi xonning ğazabini qözğaydi. Tutqunlikdan qoçgan asir Vasiliy Ivanov sözlariga köra, Şerğozi xatni oyoği bilan toptab taşlagan va yoş bolalarga öynaş uçun berib yuborgan.
1720 yilda dengiz ofitserlari xatti-harakatlari bilan Kaspiy dengizining yangi, batafsil xaritasi tuziladi. Unda Amudaryoning taxminiy özani yöq edi. Bundan taşqari, öşa joylarga sayohat qilgan dengiz floti leytenanti V.Urusov ham bu özanni topmagan.
Şundan söng, Pyotr I Kaspiydan Amudaryogaça suv yöli bölganiga şubha qiladi. Natijada, podşoh Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuboriş va Markaziy Osiyoni işğol qiliş fikridan qaytadi. Bu rejalarning barbod bölişini tuşuniş mumkin. Çunki Peterburgda Xiva va Buxoro xonliklarining geografiyasi, içki siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar juda kam edi.
Kaspiy dengizi böylariga rus dengizçilari va askarlari 1,5 asrdan keyin qaytişdi. Ammo öşa paytda Markaziy Osiyoga hujum yönalişi qozoq daştlari orqali amalga oşirildi.