09:56 / 26.08.2022
9786

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi o‘quvchilarni ovqatlantirish tartibi belgilandi

Foto: Kun.uz

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etilgan.

Yuqoridagi hududlardagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi. Nizomda keytering usulida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan.

O‘quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi. Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi. Kundalik taomnoma ro‘yxati kundalik.com platformasi orqali yuritiladi.

Keytering – hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlari chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish.

Top