07:32 / 27.08.2022
2118
Yil boshidan buyon to‘langan keshbeklar 330 mlrd so‘mdan oshdi

Yil boshidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarga 330 milliard so‘mdan ortiq keshbek to‘ladi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, to‘langan keshbeklar miqdori 330 milliard so‘mdan oshdi.

Qayd etilishicha, iyul oyi uchun 829 753 nafar iste’molchiga 70,7 mlrd so‘m keshbek to‘landi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-iyun oylari uchun yana 3,3 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon 1 097 625 nafar fuqaroga 330,8 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Top