Turizm qömitasi Soliq qömitasi bilan hamkorlikda yangi keşbek tizimini işga tuşirgan edi. 2022 yil 1 sentabrdan boşlab «Özbekiston böylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Sayohat qil va keşbek işla» şiori asosida respublika hududlari böylab içki sayohatlarni amalga oşirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib berilmoqda.

2023 yil davomida Özbekiston böylab sayohatga çiqqan mamlakat fuqarolariga sarflagan xarajatlari uçun jami 177 mln sömdan ortiq mablağ keşbek sifatida qaytarib berilgan.

Sayohat xarajatlarini qaytariş har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oşiriladi:

● aviaqatnov orqali borib-keliş çiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming sömdan oşmagan miqdorda;
● temiryölda yoki avtobusda borib-keliş çiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming sömdan oşmagan miqdorda;
● joylaştiriş vositasida tunab qoliş xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming sömdan oşmagan miqdorda;
● teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir taşrif çiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming sömdan oşmagan miqdorda.

Ma’lumot uçun, «Sayohat uçun keşbek» platformasi bilan işlaş uçun  Soliq.uz mobil ilovasini yuklab oliş, mobil ilova xizmatidan foydalaniş uçun FaceID orqali şaxsni tizimda tasdiqlaş kerak.

Sayohat yönalişi va boşlaniş sanasi tanlanadi. Keşbeklarni yiğiş uçun fiskal çeklarni skanerlaş orqali avia, temiryöl yoki avtobus biletlari ilovaga kiritiladi. Şuningdek, sayohatdan söng «Sayohatni tugatiş» tugmasi bosiladi va yiğilgan keşbek summalari şaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga ötkaziladi.