Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda uy-joy sotib olishda keshbek joriy etilishi mumkin
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovga ko‘ra, uy-joylarning atigi 10 foizga yaqini QQS bilan, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotib olinyapti. Qurilish sektorida yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirish maqsadida jismoniy shaxslarga oldi-sotdi bitimi summasidan 5−6 foiz keshbek joriy etilishi mumkin.
O‘zbekistonda uy-joy sotib olishda keshbek joriy etish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda 29 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan qurilish sohasi vakillari bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ko‘chmas mulk QQSni hisobga olgan holda sotib olinishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uy-joylarning atigi 10 foizga yaqini qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotib olinyapti.
«Jismoniy shaxslar uchun 4−5 foiz keshbek joriy etish bo‘yicha fikrlar bor, shunda ular quruvchiga murojaat qilib, oldi-sotdi bitimi summasidan 5−6 foiz keshbek olish uchun hisobvaraq-fakturani talab qilishadi. Balki bu vaziyatni o‘zgartirishga yordam berar?» — dedi Vahobov.
Avvalroq, O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisini amalga oshirishda naqd puldan voz kechish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan.
Mavzuga oid
18:36 / 05.07.2026
Kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
11:58 / 01.07.2026
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar soni avval aytilgan rasmiy raqamlardan ancha kamligi ma’lum bo‘ldi
11:36 / 23.06.2026